Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Maktabgaça ta'lim sohasida davlat-xususiy şerikçilik munosabatlarini yanada qöllab-quvvatlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.

Hujjatga köra, Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgaça ta'lim tizimini yanada rağbatlantiriş va rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida” 2018 yil 5 apreldagi PQ-3651-son qaroriga muvofiq davlat-xususiy şerikçilik şartlari asosida taşkil qilinadigan nodavlat maktabgaça ta'lim muassasalari, muassasasining rahbarlari, metodistlari, tarbiyaçilari, defektologlari, psixologlari, musiqa xodimlari iş haqiga sarflanadigan xarajatlarni qoplaş uçun davlat maktabgaça ta'lim muassasalari uçun belgilangan şartlarda qöşimça byudjyet subsidiyalari oliş huquqiga ega.

Davlat-xususiy şerikçilik şartlari asosida faoliyat yuritadigan nodavlat maktabgaça ta'lim muassasalarining ayrim xodimlari iş haqiga sarflanadigan xarajatlarni qoplaş uçun Özbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablağlaridan subsidiyalar ajratiş tartibi töğrisida nizom tasdiqlanişi mumkin.

Nizomga köra, ta'lim muassasasi tomonidan davlat byudjyetidan subsidiya oliş zaruriyati paydo bölganda, subsidiya oliş uçun joylaşgan hududidan kelib çiqib, Qoraqalpoğiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toşkent şahar moliya boş boşqarmalariga ariza bilan murojaat qilinadi.

Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

ariza beruvçining – yuridik şaxs bölgan tadbirkorlik sub'yektining nomi, joylaşgan yeri (poçta manzili) va taşkiliy-huquqiy şaklini tasdiqlovçi guvohnoma, tijorat bankidagi hisob raqamlar rekvizitlari;

Özbekiston Respublikasi Maktabgaça ta'lim vazirligi bilan davlat-xususiy şerikçilik şartlari asosida ta'lim muassasasini taşkil etiş töğrisida imzolangan bitim nusxasi;

ta'lim muassasasining quvvati, faoliyatining boşlaniş sanasi, ota-onalar (yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar) tölovi töğrisidagi ma'lumotnoma.

Moliya organi ta'lim muassasasining arizasi kelib tuşgan kundan boşlab yetti kun mobaynida uning mazkur Nizomda belgilangan talablarga mosligini örganib çiqadi va arizani qanoatlantiriş yoki uni rad etiş töğrisida qaror qabul qiladi va ta'lim muassasasini subsidiyalar ajratiş yoki arizani rad etiş töğrisida asoslantirilgan holda yozma şaklda xabardor qiladi.