Rossiyaning «VKontakte» ijtimoiy tarmoğida Myanma armiyasining boş qömondoni Aunga Xlaynning sahifasi paydo böldi. Uning nomi rohingya musulmonlarini genotsid qiliş haqidagi BMT hisobotida tilga olingandi, deb yozmoqda RBK.
Avvalroq, Xlaynning sahifasi Facebook ma'muriyati tomonidan bloklangandi. Ta'kidlanişiça, «VKontakte»dagi sahifasi aynan Myanma armiyasining boş qömondoniga tegişli ekani harbiy manbalar tomonidan tasdiqlangan. «Myanma armiyasi VK orqali yangi foydalanuvçilarni jalb qilişni boşlaganiga oid belgilar mavjud», - deyiladi xabarda.
Hozirgi paytda sahifa 16 mingdan ortiq obunaçiga ega. Ijtimoiy tarmoq vakillarining aytişiça, guruhlarda va foydalanuvçilar sahifalarida e'lon qilinadigan ma'lumotlarni monitoring qiliş uçun birma tilida gaplaşa oladigan moderatorlar yollangan. «Zöravonlik çaqiruvlari bilan boğliq e'lonlar moderatorlarimiz jamoasi tomonidan öçiriladi va ularni joylaştiradigan foydalanuvçilar bloklanadi», - deya qayd etdi ular.
Avvalroq, BMT Myanmada musulmonlar qatliom qilinganini ma'lum qilgandi.
Myanma harbiylari qatliom maqsadida musulmon rohingya xalqini ommaviy ravişda qirgan va zörlagan. Bu haqda BMT tergovçilarining ma'ruzasida ma'lum qilindi. Hujjatda qayd etilişiça, davlat maslahatçisi Aun San Su Çji boşçiligidagi fuqarolik hukumati kam sonli xalqqa nisbatan nafrat tarğibot qilinişiga ruxsat bergan, hujjatlarni yöq qilgan va rohingyalarni harbiylarning ularga qarşi jinoyatlaridan himoya qila olmagan. Hukumat şu tarzda yovuzliklarga öz hissasini qöşgan.











