31 avgust - Qatağon qurbonlarini yod etiş kuni munosabati bilan Şahidlar xotirasi xiyobonida xalqimiz ozodligi yölida fido bölgan insonlarni xotirlaş marosimi ötkazildi.
Marosimda Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev iştirok etdi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Qur'on tilovat etilib, qatağon qurbonlari ruhiga duo qilindi. Elga oş tortildi.
Davlat rahbari diniy ulamolar, ta'lim sohasi mutasaddilari bilan suhbatda vatanparvar insonlarni e'zozlaş, yoşlarni milliy ğurur ruhida tarbiyalaş, ularda buyuk bobolardek bölişga intilişni kuçaytiriş zarurligini ta'kidladi. Buning uçun Özbekiston Islom akademiyasi, Islom sivilizatsiyasi markazi va oliy ta'lim muassasalari imkoniyatlaridan keng foydalaniş, ta'lim dasturlarini takomillaştiriş kerakligi qayd etildi.
















