Yevropaning yetakçi çempionatlarida transfer oynasi qişgaça yopildi. Rossiyaning Championat.com sayti jurnalisti Anatoliy Romanov yozning eng muhim 10ta transferini ajratib oldi.
10. Aleksandr Golovin (TsSKA - «Monako»)

TsSKA yarimhimoyaçisi Aleksandr Golovin 30 million yevro evaziga «Monako» klubiga ötdi. Natijada, bu transfer bir yöla ikkita rekordni yangiladi: u TsSKA klubi tarixidagi va rossiyalik futbolçilar orasidagi eng qimmat transfer böldi. Golovin jahon çempionatida özini yorqin namoyon eta oldi. U Rossiya terma jamoasining kelajagi sifatida körilmoqda.
9. Kvinsi Promes («Spartak» - «Sevilya»)

Rossiya çempionatining eng yaxşi töpurari «Spartak» klubini tark etib, 21 million yevro evaziga «Sevilya»ga ötdi. Bu kutilmagan transfer böldi. Heç kim «Spartak» klubining öz yetakçisini qöyib yuborişiga işonmagan edi. Ammo, jamoada Çempionlar Ligasi guruh bosqiçiga çiqa olmaganlik natijasida, moliyaviy feyr-pley bilan boğliq muammolar paydo böldi. Natijada, eng yaxşi öyinçilaridan biri sotib yuborildi.
8. Kepa Arrisabalaga («Atletik» - «Çelsi»)

«Çelsi» klubi «Atletik» posboni Kepa Arrisabalaga uçun 80 million yevro töladi. Natijada, 23 yoşli ispaniyalik tarixdagi eng qimmat darvozabonga aylandi. Nomi çiqmagan futbolçi uçun bunçalik katta pul tölanişi hammani hayron qoldirdi. Kepa «Çelsi» tarkibida APLning dastlabki uçta öyinida maydonga tuşib, 3ta gol ötkazib yuborgan.
7. Tibo Kurtua («Çelsi» - «Real»)

«Çelsi» klubining yetakçi darvozaboni Tibo Kurtua Madridga, oilasi davrasiga qaytişni juda xohladi va şartnomani uzaytirişdan boş tortdi. Bundan taşqari, belgiyalik futbolçi maşğulotlarga kelmay qöydi va turli uslublarda norozilik bildira boşladi. Natijada, «Çelsi» uni 35 million yevro evaziga «Real»ga sotişga majbur böldi. Endi u Madridda Çempionlar Ligasi ötgan mavsumining eng yaxşi darvozaboni Keylor Navas bilan raqobatlaşadi.

















