Amerikalik olimlar guruhi Yupiterdagi Katta qizil doğ deb nomlanuvçi atmosfera böronida köp miqdorda suv borligini aniqlaşdi. Bu haqda EurekAlert! xabar bermoqda.

Tadqiqotçilar Qizil doğni kuzatgan NASA IRTF infraqizil teleskopi va Keck 2 (Gavayi) teleskopi ma'lumotlarini tahlil qilib çiqişdi. Ma'lum bölişiça, böron uç qavatli bulutdan iborat bölib, ularning eng yuqori qatlami 5-7 atmosfera bosimiga ega. Olimlarning sözlariga köra, u muzlagan suv kristallaridan taşkil topgan deb hisoblaş uçun barça asoslar yetarli.

Agarda 2016 yildan buyon sayyora atmosferasini örganayotgan Juno sayyoralararo xalqaro stansiyasi mazkur kuzatuvlarni tasdiqlasa, u holda Saturn, Uran va Neptundan ham suv qidiriş işlarini boşlaş mumkin.

Quyoş tizimidagi eng ulkan atmosfera böroni bölgan Katta qizil doğning uzunligi 40 va eni 13 ming kilometrni taşkil etadi. Olimlar mazkur hodisani sönggi 300 yildan buyon kuzatib kelişadi.