Joriy yilning 29-30 avgust kunlari Jizzaxda Xalqaro investitsion forum bölib ötdi. Jizzax viloyatining investitsion salohiyati namoyon etilgan hamda işlab çiqaruvçilarining milliy körgazmasi taşkil etilgan tadbir davlat investitsiyalar qömitasi, Jizzax viloyati hokimligi, Özbekiston taşqi işlar vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi hamkorligida ötkazildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Jizzax investitsion forumida Belorus, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gretsiya, BAA, Isroil, Hindiston, Ispaniya, Latviya, Xitoy Xalq Respublikasi, Qozoğiston, Rossiya, Turkiya, Singapur, AQŞ, Janubiy Koreya, Yaponiya singari jami 28 mamlakatdan 300ga yaqin iştirokçilar qatnaşdi. Şuningdek, forumda çet el diplomatik missiyalari vakillari jumladan, Italiya favqulodda va muxtor elçisi Andrea Betrotstsi, Hindiston favqulodda va muxtor elçisi Vinod Kumar, Xitoy Xalq Respublikasi favqulodda va muxtor elçisi Tszyan Yan, Quvayt favqulodda va muxtor elçisi Xaled Abdulla al-Djayran, Turkiya favqulodda va muxtor elçisi Axmet Başar Şen iştirok etişdi.

Forumda, şuningdek, Özbekistondagi Xalqaro Bank vakolatxonasi rahbari Xideki Mori, Toşkentdagi TIKA vakolatxonasi rahbari Ali Ixsan Çaglar, Özbekistondagi Commerzbank AG Germaniya banki vakolatxonasi rahbari Bodo Tyons, hamda Shell  Global Solutions International BV, Wehrhahn GmbH, McDermott International, Husain Cermet Co, Jamil Azizi General Trading LLC, Geeta Pharma, Bay Tea Group, Indorama Corporation, Alliance Capital K/S, Elvan Saglik Turizmi Ltd, LG International corporation va boşqa köplab yirik xorijiy kompaniyalar vakillari faol böldi.

«Investitsion forumni ötkazişdan közlangan maqsad – xalqaro işbilarmonlik doiralari vakillarini Jizzax viloyatining iqtisodiy – ijtimoiy rivojlaniş darajasi bilan taniştiriş, tadbirkorlik sub'yektlari va investorlar uçun qulay şaroitlar yaratiş», deydi tadbirda sözga çiqqan Boş vazir örinbosari Suxrob Holmurodov.

 Ma'lumot uçun, ayni paytda Jizzax viloyatida 2 erkin iqtisodiy zonalar mavjud. Bular «Jizzax» hamda yaqinda asos solingan «Zomin-farm» erkin iqtisodiy zonalari. «Zomin-farm» EIZ xududida farmatsevtika mahsulotlari, dori vositalari va tibbiy jihozlar işlab çiqariş böyiça investitsiya loyihalari amalga oşirib kelinmoqda.