Yaponiyada KXDR bilan munosabatlardagi özaro işonçsizlikka çek qöyiş istagi bildirildi. Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe AQŞ va Şimoliy Koreya sammiti yakunlari fonida şunday bayonot bilan çiqdi.
Sindzo Abe KXDR raisi Kim Çen In bilan uçraşmoqçi ekani va AQŞ ortidan Şimoliy Koreya bilan işonçli munosabatlar örnatişda sezilarli natijalarga erişmoqçi ekani, şuningdek öğirlangan Yaponiya fuqarolari masalasini hal qiliş istagi haqida ma'lum qildi.
Pxenyan 2002 yilda 13 nafar Yaponiya fuqarosining öğilanganiga doir ma'lumotni tan olgan. Ulardan 5 nafari uyiga qaytişiga erişilgan, qolganlari esa halok bölgani qayd qilingan. Ularning jasadlari qoldiqlari qarindoşlariga jönatilgan, biroq şaxsini tasdiqlaşning uddasidan çiqilmagan.
28 iyulda Pxenyanda Tokio bilan munosabatlarni yölga qöyiş uçun maxsus muzokaralar guruhi taşkil qilingan.
6 avgust kuni Yaponiya hukumati rahbari raketa-yadroviy dasturi va yaponiyalik fuqarolarning öğirlanişi kabi muammolarni hal qiliş uçun KXDR raisi bilan şaxsan uçraşişi zarurligini aytdi.
Şunday bölsa-da, 22 avgustda AQŞ prezidenti Donald Tramp va Sindzo Abe KXDRga qarşi sanksiyalarni qöllab-quvvatlaşni davom ettirişga kelişib olişdi.












