Angliya çempionatida 4-tur öyinlari davom etmoqda.

Bu turda Unai Emeri şogirdlari Uelsga safar qilib, «Kardiff» mehmoni bölişdi.

Öyinda hisob mehmonlar tomonidan oçildi, 11-daqiqada Mustafi raqib jarima maydonida aniq harakat qildi. Ammo birinçi bölim yakunlanişi arafasida mezbonlar yarim himoyaçisi Viktor Kamarasa Granit Çakaning xatosidan unumli foydalanib, hisobni tenglaştirdi. 

Qayd etiş kerakki, Kamarasaning goli uelsliklar jamoasining mavsumdagi ilk goli böldi. Bungaça «Kardiff» APLning yangi mavsumida gol urmagan yagona jamoa bölib turgandi.

62-daqiqada Per Emerik-Obameyang va Aleksandr Lyakazett kombinatsiyasi gabonlik hujumçining uzoqdan urilgan goli bilan yakunlandi. Ammo 70-daqiqada mezbonlar jarima zarbasi berilgan vaqtda hisobni tenglaştirişdi, Deniel Uord ikkinçi gol muallifi.

Şundan söng Unai Emeri Genduzi örniga Lukas Torreyroni tuşirdi va uşbu urugvaylik futbolçining harakatlari evaziga hisob tenglaşdi. Torreyro Aleksandr Lyakazettni zarba beriş uçun qulay nuqtaga çiqardi va fransiyalik futbolçi vaziyatni kökka sovurmadi - 3:2.

Endilikda «Arsenal» hisobidagi oçkolar sonini 6taga yetkazgan holda turnir jadvalida 9-öringa kötarildi, «Kardiff» 2 oçko bilan 16-örinda joylaşgan.

Angliya çempionati
4-tur
Kardiff – Arsenal 2:3
Gollar: 0:1 – 11 Mustafi, 1:1 – 45 Kamarasa, 1:2 – 62 Obameyang, 2:2 – 70 Uord, 2:3 – 81 Lyakazett.
Kardiff – Eteridj, Morrison, Bennett, Manga, Bamba, Rolls, Kamarasa (Medin, 89), Rid, Arter, Xoylett, Uord (Zoxore, 84).
Arsenal – Çex, Mustafi, Monreal, Belerin, Papastatopulos, Remzi, Djaka, Genduzi (Torreyra, 70), Özil (Uelbek, 84), Obameyang (Mxitaryan, 89), Lyakazett.
Ogohlantirişlar: Monreal (25), Belerin (51), Genduzi (58), Çaka (66), Xoylett (71), Kamarasa (77), Arter (90).