Norvegiya politsiyasi WikiLeaks asosçisi Julian Assanjning şerigi va kiberxavfsizlik böyiça mutaxassis Aren Kampxyoysning izsiz ğoyib bölişi böyiça holatni tekşira boşladi. Bu haqda Deutsche Welle AFP agentligiga tayanib xabar bermoqda.
Uning ma'lumotlariga köra, huquq-tartibot idoralari ğoyib bölgan gollandiyalik qayerda bölişi mumkinligini bilişmayapti. Bundan taşqari, rasmiy ravişda huquq-tartibot xodimlari uning telefoni orqali qayerda ekanini söray olmaydilar, sababi u Norvegiyada emas, balki Niderlandiyada qidiruvga berilgan.
Uşbu şaxs ğoyib bölani haqida birinçi bölib uning tanişi Twitter’da xabar qildi. Kampxyoysni qidiriş işlariga WikiLeaks ham qöşildi, bu yerda uning yöqolişi ğayrioddiy holat, deb ataldi.
Taşkilotdan xabar berişlariça, oxirgi marta erkak 20 avgust kuni Norvegiyaning şimoliy qismida, u Budyo şahridagi mehmonxonani tark etganida körişgan. 22-sanada unda mamlakatning markaziy qismida joylaşgan Tronxeymdan parvoz qilişga aviaçipta bölgan. «Bu joylar orasidagi masofani poyezdda taxminan 10 soat içida bosib ötiş mumkin. Bu esa u şu vaqtda Budyoda, Tronxeymda yoki poyezdda yöqolgan, deb taxmin qiliş imkonini beradi», - deyiladi xabarda.
Kampxyoys 47 yoşda, uning böyi - 178 santimetr. Odatda u qora kiyim kiyadi va qora ryukzak bilan harakatlanadi. Ta'kidlanişiça, u sayohatlar işqibozi. Tasdiqlanmagan xabarlarga köra, uni Norvegiyaning Olesunnida yoki Daniyaning Ribesida körgan bölişlari mumkin.












