Yevroittifoq Statistika xizmati tarqatgan ma'lumotga köra, YeI integratsiyasi boşlangandan buyon Ruminiya aholisining 16 foizini, Bolgariya - 20 foiz, Latviya - 33 foiz, Litva esa 27 foizini yöqotgan. Sobiq Sovet ittifoqi parçalangaç, Litvada 3,7 million aholi qayta röyxatga olingandi, bugungi kunda esa mamlakat aholisi 2,8 millionni taşkil etmoqda. Boltiqböyidagi uşbu davlatda aholi ziçligi körsatkiçi böyiça 1 kv. kmga 44 kişi töğri kelişi bilan Polşadan uç barobar kam natijani qayd etdi. Latviyadagi vaziyat bundan ham yomon: 1 kv kmga 35 kişi, Estoniyada esa 29 nafar fuqaro töğri kelmoqda. 

Eurostat ma'lumotiga köra, Litva Yevropadagi aholisini yöqotib borayotgan mamlakatlar içida antireytingni boşqarib kelmoqda. Har soatda 4-5 nafar muayyan işga layoqatli litvalik vatanini tark etib ketmoqda. Bu raqam bir sutkada taxminan 100 kişini taşkil etmoqda, bir yilda esa 35 ming kişi. 

Eurostat prognozlariga köra, yaqin 50 yil içida Litva aholisi yana 38 foizga kamayişi mumkin. Bu paytda Latviyaning aholisi mustaqillik yillarining boşida qayd etilgan 2,6 milliondan 1,9 millionga tuşgan. Estoniyada esa 1,5 million aholining 1,3 million nafari mamlakatda qolgan. 

Litva ijtimoiy tadqiqotlar markazi direktori Sarmine Mikulioniyenening ta'kidlaşiça, mamlakat xaritasidan har yili 2 mingga yaqin qişloqlar olib taşlanmoqda. 

«Biz işçi kuçini yöqotmoqdamiz. Mamlakatda qolayotganlar esa pensiya yoşida bölgan işga layoqatsiz kişilar», deydi u. 

Depopulyatsiya jarayoni ayni paytda Boltiqböyi davlatlarida soliq tariflarini oşib ketişiga sabab bölmoqda. Litva hukumati tamaki mahsulotlari va nikotin mavjud elektron sigaretga nisbatan aksiz soliq miqdorini oşirdi. Şuningdek, mutasaddilar aholining daromadidan olinadigan soliq miqdorini oşirişni muhokama etmoqda. Şunday qilib, daromad soliği 15 foizdan 21 foizgaça kötarilişi mumkin. 

Litvadagi demografik inqirozni tadqiq etayotgan Gollandiyaning Delfte şahridagi Texnologiyalar universiteti professori Maarten van Hemning aytişiça, mamlakatning ijtimoiy boşqaruv modelidan voz keçib, neoliberalizmga murojaat etişi qimmatga tuşmoqda.  

«SSSR parçalangaç, Litvadagi dehqonlar inqirozga uçradi. Vilnyus, Kaunas va Klaypedadan taşqarida iş topiş qiyin masala. Ular iş izlab xorijga ketmoqda», deydi professor. 

Vaşington universiteti olimlari olib borgan tadqiqot boşqa natijani körsatib berdi: Litvadagi depopulyatsiyaga alkogol içimliklarini köp iste'mol qiliş ham salbiy ta'sir ötkazmoqda. Aynan alkogol tufayli 2016 yilda 3 million kişi hayotdan köz yumgan. Şularning 12 foizi 15-49 yoş oraliğidagi erkaklar bölib, statistikaning bu bandi böyiça Boltiqböyi davlatlari antireytingni örnatgan. ​