4 sentabr kuni Stokgolmda yangi Mercedes-Benz krossoverining jahon premerasi bölib ötişi kutilmoqda. Nemislar Şvetsiya poytaxtida ikki yil avval debyuti ötgan Generation EQ kontsepti taqdimotini ötkazişadi. Şu haftada premium-brend EQC nomini olgan konveyer variantning bir neça tizer-videosini namoyiş qilgan edi. Endi esa yana bir juft rolik paydo böldi - birida krossoverning old qismi töliq namoyon bölgan bölsa, boşqasida - uning intereri.

Mercedes-Benz EQC taşqi körinişi jihatidan prototipidan farq qiladi. Elektrokrossning old qismida radiatorning xrom panjarasi paydo böldi, uning prototipida esa panjara "çizilgan" LED'lardan iborat edi. Orqa fonarlar ham boşqaça - ularning şakli özgargan.

Avtomobil saloni esa Mercedes'ning sönggi modellari uslubida jihozlangan.
Krossover Daimler konserni elektrik modellari uçun maxsus işlab çiqilgan yangi platformaga qurilgan. Generation EQ prototipi ikki elektrodvigatel va 70 kVt*s siğimli litiy-ion batareyalar bloki bilan ta'minlangan.












