Afrika janubida joylaşgan Botsvanada brakonerlar 87 filni öldirgani ma'lum qilindi. Fillar tanalari Okavango daryosi deltasidagi yovvoyi tabiat qöriqxonasi yaqinida topilgan. Bu haqda “Çegara bilmas fillar” taşkilotiga iqtibos keltirgan holda BBC News telekanali ma'lum qildi.

Fillar oxirgi 3 oy, aksariyati esa oxirgi bir neça hafta içida dandon tişi uçun öldirilgan. Bundan taşqari, 5 ta oq karkidon öğirlab ketilgan. “Men karaxt holdaman. Bu holat men Afrikada körgan yoki öqigan eng katta kölamdagi brakonerlikdir”, deb aytgan “Çegara bilmas fillar” xodimi Mayk Çeyz. Uning aytişiça, fillarning öldirilişi mamlakat hukumatining “tezkor çoralar körişini” talab qiladi.

Botsvanada fillarning eng katta populyatsiyasi yaşaydi. Ularning soni 130 mingga yaqinni taşkil qiladi. Uşbu mamlakat fillarning Afrikadagi eng oxirgi boşpanasi deb ataladi, çunki brakonerlar fil suyagi uçun ularni butun qit'a böylab beayov qiradilar.