Qirğiziston Respublikasining Çölpon-Ota şahrida bölib ötayotgan Butunjahon köçmançi xalqlar öyinlarida iştirok etayotgan Özbekiston vakillari birinçi kungi bahslar yakuniga köra, jami 11ta medalni qölga kiritişdi.
Öyinlarning aliş kuraşi (Qirğiziston kuraşi) turi böyiça bahslarda 30ta davlatidan taşrif buyurgan 140 nafar sportçi iştirok etdi. Uşbu sport turi böyiça özbekistonlik sportçilar salmoqli yutuqlarni qölga kiritişdi.
Özbekiston Respublikasi Jismoniy Tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabariga köra, erkaklar örtasida Mardonbek Kimsanov (-60 kg), Husniddin Röziyev (-70 kg) oltin, Kamollidin Mahkamov (-80 kg), Zaylobiddin Artikov (-90 kg) va Obidali Mavlonov (-100 kg) musobaqaning kumuş medalini qölga kiritişgan bölsa, ayollar örtasida ötkazilgan bahslarda Maftuna Maxmudova (-60 kg), Dilafruz Mamajonova (-70 kg), Bekzoda Xudaberdiyeva (-75 kg) bronza medalga sazovor bölişdi.
Özbekistonlik sportçilar armrestlingda ham 3ta bronza medalini qölga kiritişgan.
«Öyinlarning birinçi kunida armrestling va aliş kuraşi böyiça bahslarda jami 18 nafar sportçimiz iştirok etib, 11ta medal (2 ta oltin, 3 ta kumuş va 6 ta bronza) qölga kiritildi», deyiladi vazirlik xabarida.
Bugun Özbekiston vakillari qozoq kuraşi, pahlavani (Eron kuraşi), goreş (Turkmaniston kuraşi), Loçin ovi va Tayganlar yugurişi turlari böyiça bahslarga kirişadi.
Ma'lumot uçun, 2-8 sentabr kunlari ötkazilayotgan uşbu musobaqada dunyoning 66ta davlatidan taşrif buyurgan 1556 nafar sportçi iştirok etmoqda.
Uşbu öyinlarda 50ta sport turi böyiça 500dan ortiq komplekt medallar jamlanmasi öynaladi. Özbekiston 13ta sport turi böyiça 58 nafar sportçi bilan iştirok etmoqda.












