Dalay-lama XIV’ning vorisi uçun kuraşdan avval nazoratni kuçaytiriş ilinjida Xitoy Tibetga milliardlab dollar mablağ kiritmoqda. Voris böyiça masala uşbu yetakçining ölimi ortidan hal qilinişi kerak, deb xabar bermoqda NBC News telekanali.
Xitoy hukumati delegatsiyasining Tibetga kam sonli taşriflaridan biri rasmiylar mintaqadagi 3,3 million kişiga farovonlik keltiradigan rivojlaniş dasturini taqdim etdilar, deya ta'kidlaydi telekanal. Keng kölamli infratuzilma loyihalari öz içiga yangi aeroportlar va avtomagistrallarni qurişni qamrab oladi. Rejalaştirilgan sarmoyalar byudjyeti 97 mlrd dollarni taşkil etdi. Şuningdek, loyiha Tibet buddizmining muqaddas joylarini himoya qiliş va barqaror «yaşil iqtisodiyotni» yaratişga qaratilgan, deb xabar beradi NBC.

Materialda ta'kidlanişiça, Xitoy uzoq vaqtdan beri Tibet yetakçisi Dalay-lama XIV’ning ta'sirini kamaytirişga harakat qiladi.

Foto: Ben Stansall / AFP /Getty Images
Xususan, rasmiylarga köra, 1980-yillardan beri Xitoy Tibetning asosiy monastirlarini va boşqa diniy obektlarini rekonstruksiya qiliş uçun 450 million dollardan ziyod mablağ sarfladi. Kelgusi beş yil mobaynida byudjyetdan yana 290 million dollar ajratiladi. Xitoyning Tibetga katta sarmoyalari şundan dalolat beradiki, davlat buddistlarning eng katta millati sifatida öz obrösini yaxşilaşga urinmoqda.













