Kinematografiya agentligi rahbari Şuhrat Rizayevning aytişiça, hozirda uzatilayotgan kino va seriallarda oçiq sahnalar köpayib ketgan. Rasmiy vakil bularga çeklov yöqligi sabab odamlarning axloqiy jihatdan fikri buzilayotganini bildirdi. U “ma’naviyat ekspertizasi” puxta maqsadlar bilan işlab çiqilganini ta’kidlab, kun tartibiga yana qaytişi mumkinligiga işora qildi.
24 dekabr kuni AOKAda Madaniyat va turizm vazirligi va uning tuzilmaviy taşkilotlari matbuot anjumani bölib ötdi. Unda qatnaşgan vazir Ozodbek Nazarbekov Kun.uz muxbirining nima sabab vazir ijodkorlarni çeklaşga qarşi böla turib, “ma’naviyat ekspertizasi” ötkazilişiga rozi bölgani haqidagi savoliga javob berdi.
Nazarbekovga köra, odamlarning fikrini biliş va hujjatni muhokamaga çiqariş uçun ham vazirning roziligi kerak bölgan. Şu asosda qaror loyihasi e’lon qilingan.
“[Bu] Ma’naviyat va ma’rifat markazi taşabbusi böldi. Xöp, buni birinçidan e’lon qildik, bekorga e’lon qilmagandik. Çunki miyamning teng yarmida bu [ma’naviyat ekspertizasi bölişi kerak degan] fikr, teng yarmida bu [bölmasligi kerak degan] fikr bor edi. Qaysi ma’noda, ya’ni jamiyatning teng yarmi buni sörayapti, teng yarmi esa buni sörayapti. Şuning uçun biz muhokamaga qöydik. Muhokamaga qöyiş uçun men rozi bölişim kerak, men rozi bölmasam muhokamaga çiqmas edi. Şuning uçun men rozi bölib, “marhamat, muhokamaga qöyaylik, xalq qanday qabul qiladi?” degan ma’noda [bölgandi].
Mening örnimga ham özinglarni qöyinglar, masalan. Bitta obekt böyiça jamoatçilikda 2 xil fikr bor. Bittasi buni yöqot, desa, bittasi tegma, deydi. Xalq bu, bizning xalqimiz talab qilyapti şuni. Demak, bizdan “şunga rozimisizlar?” degan e’lon beriş lozim edi. Buni berişimiz kerak edi, şu ma’noda. Bu yerda aniq mening strategiyam demoqçi emasman, lekin umumiy jamoatçilikning fikrini bilişimiz kerak edi”, – dedi vazir.
Tadbirda iştirok etgan Kinematografiya agentligi direktori Şuhrat Rizayev ham ayni masalada öz fikrini bayon qildi. Unga köra, “ma’naviyat ekspertizasi” Özbekistonga kerak.
“Ma’naviy ekspertiza" degan masala osmondan tuşgani yöq. Bu narsa nihoyatda öylab, puxta maqsadlar bilan joriy etildi va muhokamaga taşlandi. Muhokamada hali takomiliga yetmaganki, uni yana köraylik, özgartiraylik, boşqaçaroq şakllarni taklif qilaylik, degan mulohazalar böldi. U juda örinli mulohazalar. Lekin şu narsa bizga kerak.












