2007-2010 yillarda Özbekistonda poralar beriş bilan boğliq iş böyiça Şvetsiyaning Telia telekommunikatsiya kompaniyasining uç sobiq xodimi ustidan sud bugun Stokgolmda boşlanadi, deya xabar beradi Sputnik.

Iş deyarli beş yil davomida tergov qilindi, öşanda kompaniya Telia Sonera deb atalgan, Şvetsiya prokuraturasi tergov yakunlangani haqida ötgan yilning sentabr oyida xabar berdi. Öşanda poraxörlik böyiça ayblov Telia Sonera sobiq direktori Lars Nyuberg, Yevroosiyo bozori uçun mas'ul bölgan Tero Kivisaari va kompaniya yuristlaridan biriga ham qöyildi. Şvetsiyaning TT axborot agentligi bildirişiça, uçala şaxs ham aybini tan olmadi. Ular olti yilgaça ozodlikdan mahkum etilişi mumkin.

Sönggi bir neça yil davomida Telia nomi 2007 yilda konsern va uning şö'ba kompaniyalari Özbekiston telekommunikatsiya bozorida işlaş rejasi munosabati bilan poralar berişga aloqadorlikda gumonlanayotgani sababli Şvetsiya ommaviy axborot vositalarida köp bora tilga olindi. Jurnalistlarning suriştiruvi 2013 yilda konsern rahbariyatining özgarişiga va kompaniyadagi içki tekşiruvlariga olib keldi. 2015 yilda Telia Yevroosiyo bozoridan çiqib ketişini e'lon qildi.

2013 yilda Niderlandiya prokurorlari Telia’ning ikkita şö'ba kompaniyasini tekşira boşladi, 2014 yilda AQŞ Adliya vazirligining moliya inspeksiyasida Özbekistondagi bitimlar suriştiruvdan ötkazila boşlandi. 2017 yilda, uşbu tekşiruvlar tugaganidan söng, Telia özini tekşirgan organlarga 965 million dollar tölaşga rozi böldi.

Şvetsiya prokuraturasi 2012 yilda konsern rahbariyati tomonidan poraxörlik böyiça gumonlarni tekşira boşladi. Tergovçilarning xulosasiga köra, Telia Özbekiston bozoridan muqim örin oliş uçun Özbekiston birinçi prezidentining qizi Gulnora Karimovaga katta miqdordagi pullarni tölagan. Karimova, Şvetsiya prokuraturasiga köra, öşa davrda Özbekiston telekommunikatsiya bozorini deyarli öz nazoratida uşlab turgan. Tergov ma'lumotlariga köra, 2007 yildan 2010 yilgaça bölgan davrda poralar miqdori 280 million yevroni taşkil etgan bölişi mumkin.