Aralaş yönaliş (MMA) böyiça yengil vazn toifasidagi jangçi Kevin Li Mutlaq jangçilar çempionatining (UFC) hozirgi çempioni Habib Nurmagomedovning uslubini tanqid qildi.
«Habib top-diviziondan bölgan jangçini tor-mor keltirganini kimdir körganmi özi? U Maykl Jonsonni sindirdi, ammo raqibidan qölni söraşga majbur böldi, çunki jangni qanday tugatişni bilmay qoldi.
Oxir-oqibat, Maykl unga qölini berib, taslim böldi. Nurmagomedov jangni muddatidan oldin tugatişni şunçaki bilmaydi», - deya amerikalikning sözlarini keltiradi MMA Fighting.
29 yoşli rossiyalik MMA’dagi faoliyatida hali biron marta ham mağlubiyatga uçramagan. Nurmagomedov 26 jangdan faqatgina sakkiztasida nokaut bilan ğalaba qozongan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Nurmagomedov Makgregordan hayiqayotgan murabbiyiga murojaat bilan çiqqandi.












