Yaponiya hukumati birinçi marta 2011 yilda «Fukusima» atom elektr stansiyasidagi avariyadan söng sizib çiqqan radiatsiya oqibatida inson nobud bölişi holatini qayd etişdi. Bu haqda Reuters Soğliqni saqlaş, mehnat va aholi ijtimoiy ta'minoti vazirligi vakillariga asosan xabar bermoqda.

Idoradan xabar berişlariça, 50 yoşdan oşgan erkak öpka saratoni tufayli vafot etgan. U «Fukusima»da avariyadan söng kamida ikki marta bölgan va turli atom elektr stansiyalarida işlagan. Unda onkologik kasallik 2016 yil fevralida aniqlangan. Marhumning oilasiga tovon puli tölab beriladi.

Rasmiy ma'lumotlarga köra, radiatsiya ta'siri tufayli «Fukusima»ning tört işçisi xastalangan, bu ular orasida birinçi ölim holati, deya aniqlik kiritişdi vazirlikdan. Bundan taşqari, stansiyada avariya sodir bölganidan keyin, yana uç işçi halok böldi, ammo bu radiatsiyadan bölmagan.

Atom elektr stansiyasida sodir bölgan voqeadan söng, 160 mingdan ziyod kişi öz uyini tark etişga majbur böldi. Qoçqinlar orasida ölim darajasining keskin ösişi kuzatildi, biroq rasmiylar qurbonlarga evakuatsiya, ruhiy jarohatlaniş va tibbiy yordamdan foydalanmaslik bilan izoh berişgan. Hukumatning bildirişiça, radiatsiya bevosita ölimga olib kelmagan.