Xavfsizlik böyiça mutaxassislar Android operatsion tizimining eng yangi versiyasi Android 9.0’da jiddiy xatolikni topişdi. Bu haqda kiberxavfsizlik sohasidagi tadqiqotlar bilan şuğullanuvçi Nightwatch Cybersecurity kompaniyasi (AQŞ) ma'lum qildi.
Himoyadagi uşbu xato xakerlarga mobil qurilma haqida batafsil ma'lumot olişga imkon beradi: Wi-Fi haqida, ulaniş nomi, jumladan, IP-adres, DNS-server, boşqa körsatkiçlar va hattoki parolni. Xakerlarga olingan ma'lumotlar asosida qurilmadan çiquvçi va unga kiruvçi trafikni kuzatiş va şaxsiy ma'lumotlarni qölga kiritiş qiyinçilik tuğdirmaydi.
Bundan taşqari, xakerlar smartfon haqida batafsil ma'lumotdan xabardor bölib, zararli dastur yordamida istalgan smartfonni kuzatişi va hattoki simsiz tarmoq va unga ulangan qurilmalarga hujum uyuştirişi mumkin.
Google uşbu xatodan xabardor qilinib, operatsion tizim uçun uni tuzatuvçi yangilanma çiqargan. Biroq yangilanma muammoni faqat 0,1 foiz qurilmada bartaraf etişi mumkin, qolgan 99,99 foiz smartfonga xavf mavjudligiça qolmoqda va ularni töliq himoyalaşning hozirça imkoni yöq.












