Maqom Özbekiston brendi sifatida dunyoga tanilmoqda. Özbekiston Matbuot va axborot agentligi şu haqida xabar berdi.
Şahrisabz şahrida Prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan 6-10 sentabr kunlari I Xalqaro maqom forumi ötkazilmoqda. Şu maqsadda sohibqiron Amir Temurning mahobatli haykali örnatilgan Oqsaroy maydoni hududida har bir viloyatning öziga xos milliy urf-odat va an'nalari, tarixiy obidalarini aks ettiruvçi namunalar örnatilgan. Bu yerda turli sahna körinişlari, milliy kuy-qöşiqlar, yallayu laparlar ijro etilmoqda.
Xalqaro maqom san'ati anjumanida 75 davlatdan 300 dan ortiq san'atkorlar iştirok etiş istagini bildirgan. Mahalliy elektron va bosma OAV vakillaridan taşqari köplab çet el ommaviy axborot vositalari xodimlari mazkur anjumanni yoritiş uçun röyxatdan ötgan.
Ayni paytda I Xalqaro maqom forumi işini ommaviy axborot vositalarida yoritiş uçun maxsus taşkil etilgan Matbuot markazi mahalliy va xalqaro jurnalistlar bilan gavjum. U yerda “Rossiya 1” telekanali, Turkiyaning TRT telekompaniyasi ijodkorlari hamda 20 dan ortiq mahalliy OAV vakillari iş olib bormoqda.

"Anjumanni yuksak saviyada ötkaziş uçun puxta tayyorgarlik körilgan, – deydi “Rossiya 24” telekanali jurnalisti Robert Frantsev. – Oqsaroy hududida mamlakat viloyat va şaharlarining diqqatga sazovar joylari, tarixiy obidalari, milliy urf-odat va an'analari namunalari taşkil etilgani tadbirga öziga xos mazmun bağişlamoqda. Bu menda katta taassurot qoldirdi. Maqom san'ati Özbekistonning milliy brendi sifatida dunyoga tanilişi, şubhasiz".

Ta'kidlaş joizki, jurnalistlarga ma'lumot olişda qulaylik yaratiş maqsadida Anjumanning rasmiy www.maqomforum.uz sayti işga tuşirilgan. Uşbu saytdan tadbir haqida nafaqat eng sönggi yangilik va ma'lumotlarni, balki foto va videomateriallarni ham oliş mumkin.











