Özbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlari loyihalari muhokamasi portaliga Prezidentning «Fuqarolar pensiya ta'minoti tizimining ijtimoiy adolatliligini va samaradorligini oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori loyihasi joylaştirildi.

Hujjatga köra, 2018 yilning 1 oktabridan barça işlayotgan pensionerlarga pensiya töliq hajmda tölanadi.

Bundan taşqari, 2019 yilning 1 yanvaridan pensiyani hisoblaş uçun qabul qilinadigan eng yuqori iş haqi miqdori eng kam iş haqining 8 baravaridan 10 baravariga (5 sentabr holatiga köra — 1 474 400 sömdan 1 843 000 gaça) oşiriladi.

Şuningdek, pensiya miqdori 2019 yil boşlanguniça eng yuqori iş haqi ösişi hisobida qayta hisoblab çiqilişi kutilmoqda.

Ma'lumot uçun, bugungi kunda Özbekistonda işlayotgan pensionerlar, ayrim imtiyozli toifalardan taşqari, belgilangan nafaqa miqdoridan 50 foizini olişadi.

Eslatib ötamiz, imtiyozli toifadagi nafaqaxörlarga I va II guruh nogironlari, Çernobil nogironlari, mahalla fuqarolari yiğinlari raislari, diniy ta'lim sohasida işlayotgan ayollar hamda Ikkinçi jahon uruşi iş iştirokçilari va mehnat veteranlari kiradi.

Özbekiston Prezidentining 2017 yil 28 dekabrdagi «Mehnat faoliyatini olib borayotgan pensionerlarning ayrim toifalariga qulay şart-şaroitlarni yaratiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi farmoniga köra pensiyasini töliq oladigan nafaqaxörlar doirasi kengaytirilgandi. Ya'ni, faxriy unvonlarga ega mehnat qiluvçi pensionerlar endilikda nafaqa pulini töliq miqdorda olişi belgilangandi.

Şuningdek mehnat şartnomasi asosida mehnat qiliş asnosida ilm-fan, adabiyot va san'at sohalarida ijodiy işlari uçun qalam haqi (gonorar) körinişida daromad oluvçi pensionerlar ham nafaqa pullarini töliq hajmda oladi.