Emirates aviakompaniyasining Dubaydan Nyu-Yorkka parvoz qilgan 203-reysi yölovçilari karantinga joylaştirildi. Bu haqda Flightradar24 portali xabar berdi.
Ma'lum qilinişiça, bunga samolyotda yuzga yaqin kişining noma'lum kasallikdan kasallangani sabab bölgan. Yölovçilarda tana harorati kötarilib, yötal boşlangan.
Keyinroq Emirates faqat 10 kişi kasal bölib qolgani va ularni şifokorlar tekşirayotganini ma'lum qilgan.
Yölovçilar özlarini yomon his qilayotganlari haqida samolyot sardori ma'lum qilgan. U yölovçilardan ikki nafarida kuçli isitmalaş borligini, 100 ga yaqin yölovçi esa töxtovsiz yötalayotganini ma'lum qilgan. Jon Kennedi nomidagi aeroportda samolyotni Kasalliklarni nazorat qiliş va oldini oliş markazi xodimlari va politsiyaçilar kutib olişgan.
Ta'kidlanişiça, samolyot bortida 520ga yaqin odam bor bölib, samolyot aeroport terminalidan nariroqda uşlab turilibdi.









