Moliya vazirligi va DSQning qarori bilan soliq hisobotining şakllariga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi, deb yozmoqda Norma.
YaST hisob-kitobida 2018 yil 1 apreldan boşlab yuridik şaxsdan olinib, uning ustav fondiga (ustav kapitaliga) yönaltirilgan dividendlar böyiça hamda eksport qiluvçi korxonalar uçun soliq stavkasiga tuzatiş kiritiş böyiça imtiyozlar bekor qilingani aks ettirildi. Soliq solinadigan baza va soliq summasi ikkita summa bilan – 2018 yil I çoragi uçun alohida va qolgan summa körsatiladi. YaST summasini kamaytiradigan QQS va Özbekistonning xalqaro şartnomalariga muvofiq hisobga olinadigan, Özbekistondan taşqarida tölangan foyda soliği summalari ham xuddi şu tartibda aks ettiriladi.
YaST hisob-kitobiga 4-ilova «Soliq solinadigan yalpi tuşumning kamaytirilişi» dividendlar böyiça imtiyoz bekor qilinişiga oid izoh bilan töldirildi. Bunday daromadlar aks ettiriladigan 0203-satr faqat 2018 yil I çoragi yakunlari böyiça töldiriladi va hisobot soliq davri davomida özgarişsiz qoladi.
YaST hisob-kitobiga 6-ilova «Eksport uluşidan kelib çiqib yagona soliq tölovi stavkasiga tuzatiş kiritiş» ham mazkur imtiyoz bekor qilinganligi munosabati bilan faqat 2018 yil I çoragi yakunlari böyiça töldiriladi va hisobot soliq davri davomida özgarişsiz qoladi.
YaST hisob-kitobiga yangi ilova – 9-son «Avtomobil transportida yuk taşiş xizmatlari körsatiş böyiça yagona soliq tölovining qöşimça hisoblangan summasining hisob-kitob-ma'lumotnomasi» qöşimça qilindi. Uni asosiy faoliyat turi avtomobil transportida yuk taşiş böyiça xizmatlar körsatiş hisoblangan yuridik şaxslar töldiradilar.
Eslatib ötamiz, 2018 yilning 1 yanvaridan boşlab soliq soliş tizimidan qat'i nazar, bitta transport vositasiga hisoblaganda uşbu korxonalar tomonidan tölanayotgan soliqlar va davlat maqsadli jamğarmalariga majburiy ajratmalarning jami miqdori yakka tartibdagi tadbirkorlar uşbu faoliyat turi böyiça tölayotgan qat'iy belgilangan soliq miqdoridan kam bölmasligi kerak (29.12.2017 yildagi PQ–3454-son qarorning 8-bandi).
Hujjat 20.08.2018 yildan kuçga kirdi.
YaST böyiça hisobotda nimalar özgardi?
15:08 / 06.09.20188 4633 min












