Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Viktoriya Skripal: Rossiyadagi har uchinchi odam Skotland-Yard qidirayotgan shaxslarga o‘xshaydi
Viktoriya Skripalning ma'lum qilishicha, har uchinchi rossiyalik Skotland-Yard tomonidan fotosuratlari e'lon qilingan, Britaniya tomonidan Solsberidagi zaharlashda gumonlangan, deb e'lon qilingan shaxslarga o‘xshashdir. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Mo‘ylovli erkak Rossiyadagi har uchinchi odamni eslatib yuboradi. Hozir hamma soqol va mo‘ylovda yuradi. Fotosuratlar e'lon qilindi, ammo darhol ularning ismlari o‘ylab topilganini aytishdi», - dedi u.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, fotosuratlarga ishonish mumkin emas, sababi «bizni bu ishda bir necha marta aldashgan».
Avvalroq, Skotland-Yard GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyani zaharlashda gumonlanayotgan ikki rossiyalik shaxsning fotosuratini e'lon qildi hamda ismlarini aytdi. Bu Aleksandr Petrov va Ruslan Boshirov. Ularni to‘rt modda bilan ayblashmoqda, jumladan, politsiyachini o‘ldirishga urinishda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Skripallarning qarindoshi bayonot bergani, ular vafot etgan bo‘lishi mumkinligi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026