Örmonlarning yöq bölib ketişidan tortib tuproqlar yemirilişi va suv hamda havoning ifloslanişi - tamaki işlab çiqariş va uning iste'moli atrof-muhitga katta zarar yetkazadi.
Uning işlab çiqarişini nazorat qiliş çora-tadbirlari tabiatga salbiy ta'sirni kamaytirişga, jumladan, iqlim özgarişi effektini kamaytirişga imkon beradi, deya xabar qildi BMTning tamaki ustidan nazorat böyiça taşkiloti rahbari.
«Odamlar tamaki qanday zarar keltirişini biladilar, ammo uning işlab çiqarilişi atrof-muhit, tuproq, suv va havoga qanday ziyon yetkazişi bir qadar noma'lum», - deydi JSSTning tamakiga qarşi Konventsiyasi kotibiyati rahbari Vera Luiza da Kosta-e-Silva.
Tamakining atrof-muhitga ta'siri böyiça yangi ma'lumotlar JSSTning tamaki nazorati böyiça Hadli konvensiyasi kotibiyati va Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Taraqqiyot dasturi (BMTTD)ning birgalikdagi hisobotida keltirilgan.
Mualliflarning ta'kidlaşiça, tamaki undan mahsulotlarni işlab çiqarişdan avval ham tabiatga zarar yetkaza boşlaydi. Bu ekinni yetiştiriş uçun juda köp yer talab qilinadi, uni quritiş uçun - köp yoğoç. Bu massiv örmonlarning ommaviy kesilişiga olib keladi.
Jahon Soğliqni Saqlaş Taşkilotiga köra, örmonlarning beş foizi tamaki yetiştiriş uçun kesiladi, şu bilan birga, har yili bu maqsad uçun 200 ming gektar örmon yerlari yöq qilinadi.
Bundan taşqari, tamaki yetiştiriş tuproqqa zarar yetkazadi, sababi ösimlik undan azot, fosfor, kaliy kabi moddalarni boşqa ekinlardan tezroq qabul qilib oladi.
Hisobotda aytilişiça, çekib taşlangan sigaretalar dunyodagi eng köp tarqalgan çiqindi turiga aylangan. Har yili sigaret çekuvçilar 4,5 trillion çekib taşlangan sigaretalarni taşlaydilar - bu 760 ming tonna toksik çiqindi. Biroq, atrof-muhitning tamaki qoldiqlari bilan ifloslanişi sigaretalar çiqindiga aylanişidan ança oldin boşlanadi.
Uşbu ekinni yetiştiriş uçun tuproqni va yaqin suv havzalarini ifloslantiradigan katta miqdordagi kimyoviy öğitlar, pestitsidlar va ösiş stimulyatorlari qöllaniladi. Bu jarayon fermerlar va ularning oilalari salomatligiga jiddiy tahdid solmoqda.
JSST Konventsiyasi kotibiyati barça hukumatlarni tamaki işlab çiqarişni yanada tartibga solişga va fermerlarga boşqa, nisbatan ekologik ekinlarni yetiştirişga ötişda yordam berişga çaqirmoqda. Buning uçun ularga kredit beriş va xöjalik yuritişning «toza» usullarini örgatiş kerak.












