AQŞda tilida “möy ösib ketgan” ayol davolandi. Science Alert naşrining xabar qilişiça, kamdan-kam uçraydigan kasallik ayolda antibiotiklar qabul qilgandan keyin paydo bölgan.
55 yoşli ayol avtohalokatdan keyin şifoxonaga tuşgan. Uning oyoğidagi jarohat yiringlab ketgan. Infektsiyaning tarqalişi oldini oliş uçun şifokorlar ayolga “Minosiklin” antibiotigidan bir neça inʼeksiya kiritişgan. Bir hafta ötgaç ayolning tili qorayib, soçga öxşaş ösimtalar bilan qoplangan. Ayol köngil ayniş va bemaza ta'mdan şikoyat qilgan.
Uni davolayotgan şifokor Yasir Xamad 20 yillik faoliyati davomida bunday holatning birinçi marta guvohi bölgan. U karaxt holga tuşgan ayolni uşbu kasallik vahimali körinişga ega bölsa-da, tuzatsa böladiganligiga işontirgan. Xamad ayolni boşqa antibiotikka ötkazgaç, ayolning tili bir oydan keyin yana avvalgi puşti holiga qaytgan.
Ayol uçragan kasallik lingua villosa nigra yoki “qora til” deb ataladi va kam uçraydi. Tildagi “möylar” aslida tilning sirti taşkil topgan ipsimon sörğiçlarning yalliğlanişi hisoblanadi. Soğlom kişida ularning ölçami taxminan bir millimetrni taşkil qiladi, kasal odamda esa sörğiç 18 mm gaça kattalaşişi mumkin. Ularda ovqat tiqilib qolib, çiriy boşlaydi va til jigarrang-qora rangga kiradi.
Olimlar uşbu kasallikni nima keltirib çiqarişini hanuzgaça bilmaydilar. Statistikaga köra, bu kasallik çekuvçilar va oğzining gigiyenasi ortidan yaxşi kuzatmaydigan yoki oğizni çayiş uçun öta kuçli vositalar qöllovçilarda paydo böladi. Uşbu kasallikni davolaş uçun turli usullar qöllanadi: bemordan köproq suyuqlik içiş, çekişdan voz keçiş, tilni maxsus çyotka bilan yuviş yoki unga retinoidlar yoxud salitsil kislota surtiş talab qilinadi. Ba'zida jarrohlik aralaşuvi talab etiladi.












