Kun.Uz tahririyati öquvçilar e'tiboriga yangi loyihani havola etadi. Bunda Özbekistonda Rossiyaning «AvtoVAZ» avtokompaniyasi mahsulotlarini sotiş bilan şuğullanadigan Rodell mas'uliyati çeklangan jamiyati yaqindan hamkorlik qildi. Mazkur loyihada Lada Xray krossoveri haqida batafsil söz yuritişga harakat qildik. Albatta, avtomobilning ekstereri va intereriga töxtalib, krossover şahar va şahar taşqarisida boşqarib körildi.
SUV uslubidagi, ançagina baland Lada Xray B0 platformasi negizida işlab çiqiladi. Şassi yuqori klirens, yöl yuzasidan deyarli 0,200 mm (0,195). Bu maşinani yaxşiroq boşqariş va energiya samaradorlikni ta'minlaydi. Quyida uning texnik körsatkiçlari bilan tanişiş imkoniga egasiz.
Lada Xray töla vazni 1 650 kg bölib, gabarit uzunligi 4 165 mm, eni 1 764 mm.ni taşkil etadi. Ğildiraklar bazasi uzunligi – 2 592 mm.

Old va orqa öqlarga tuşadigan vazn taqsimi 51ga 49 foiz nisbatda. Yukxona hajmi orqa örindiqlar tik holatda – 361 litr, orqa örindiqlar yiğilganida – 1 207 litr, orqa va old yölovçi örindiqlari yiğilganda 1 514 litrni taşkil etadi.
Lada Xray krossoveriga 3 xil: 114 (1,6 l), 106 (1,6 l) va 122 (1,8 l) ot kuçiga ega dvigatel örnatiladi. Xaridor istagiga köra, mexanik yoki avtomatik uzatmalar qutisiga ega krossover havola qilinadi.
P.S.: Qayd etiş örinliki, uşbu lavha tayyorlaşda, bu boradagi ilk uriniş bölgani bois, juz'iy xatolarga yöl qöyilgan bölişi mumkin. Öylaymizki, öquvçilarimiz buni töğri tuşunişadi. Fikr va mulohazalarni [email protected] elektron manziliga yuborişingizni sörab qolamiz.
























