Yangi yil oldidan maqsadlar röyxatini tuzdingiz, biroq ular olğa siljimagan bölsa, vaziyatni özgartirişning ayni vaqti keldi.

1. Qayta baholang

Maqsadni “taşlab qöyganingizning” biror sababi bölsa kerak. Nima uçun bunday bölganini va endilikda nimaga erişmoqçiligingizni öylab köring. Işning katta qismi – maqsadni töğri qöya oliş.

Foto: Pexels

Bu maqsad siz uçun hozir dolzarb ekani va uni amalga oşirişning ayni vaqti ekanini öylab köring.

Uni amalga oşiriş uçun vaqt bor-yöqligini öylab köring.

U qadriyatlaringizga zid kelmasligini kuzating.

Ba'zida boşqalar şunday qilayotgani uçungina maqsadni tanlaymiz. Biz ham unga erişişimiz kerakdek tuyuladi. Agar hozir bu maqsad sizniki bölmasa, muvaffaqiyatga erişmaysiz.

2. Dedlaynni rağbat sifatida qöllang

Vaqt çeklangan bölsa, imkoniyatlaringizni real baholaysiz. Yil söngiga qadar nimaga erişmoqçi ekaningizni öylab köring. Qay bir iş bajarsa böladigan, jozibador, yana qay biri eplab bölmaydigandek körinmoqda? Bu savolga javob qolgan vaqtda nimaga e'tibor qaratiş kerakligini tuşunişga yordam beradi. Rağbatdan quvvat oliş uçun yaqinlaşib qolgan dedlayndan foydalaning.

3. Odat kuçini işga soling

Yil davomida yoki unga köproq muddat davomida maqsad sari harakat qiliş uçun qat'iy harakatni işga soliş va intizomga ega böliş lozim. Odatlarni natija uçun işlaşga majbur qilib, vazifani yengillaştiring.

Yodda tuting, maqsad aniq, ölçangan, erişsa böladigan, dolzarb va vaqt böyiça çegaralangan bölişi kerak. Istagingizga erişiş uçun har hafta nima qilişingiz kerakligini öylab köring. Qanday natijaga erişişni istaysiz?

Foto: Pexels

Masalan, daromadingizni muayyan foizga oşiriş yoki yangi mijozlarni jalb etişni istaysiz. Qaysi odatlar sizni bu maqsadga maksimal darajada yaqinlaştirişi haqida öylab köring.