Özbekiston terma jamoasi yarimhimoyaçisi Server Jyeparov yaqinda Qozoğistonning «Jyetisu» klubi bilan şartnoma imzoladi.
Özbekiston terma jamoasining yangi boş murabbiyi Ektor Kuper 35 yoşli futbolçini ilk yiğiniga taklif qilmadi.
Server Jyeparov şu voqealar yuzasidan Sports.uz naşriga intervyu berdi.
- Server, faoliyatingizni nega Qozoğistonning «Jyetisu» jamoasida davom ettirişga qaror qildingiz?
- Menda ikkita variant bor edi. Eronda qoliş yoki Qozoğistonda faoliyatni davom ettiriş. Eron çempionati nihoyasiga yetganidan söng, «Istiqlol» bilan imzolangan kelişuv ham öz kuçini yöqotgandi. Şu bois taniş-bilişlarni işga solgan holda, özimga mos keladigan jamoani qidirişda yordam söradim. Köp ötmay hammasi oydinlaşib, «Jyetisu» varianti yuzaga keldi. Ikki kun davom etgan muzokaralardan keyin uşbu jamoa bilan kelişuvga erişdim. Boş murabbiy, sport direktori va mening iştirokimda ötgan yakuniy muzokarada hammasini özaro hal qilişga muvaffaq böldik.
- 35 yoşda legioner bölib öynaş qiyin. Şu bois taklifni tanlaşda ikkilanmadingizmi?
- Legioner böliş juda qiyin iş. 2010 yildan beri legionerman. Aytiş mumkin bölsa, bunga könikib ketdim. Şu sabab «Jyetisu» bilan kelişuvga erişiş unçalik murakkab bölmadi. Qolaversa, sakkiz yildan beri çetda yuraverganim tufayli, yangiça şart-şaroit va muhitga könikma hosil qilişim oson keçmoqda. «Jyetisu» varianti borasida uzoq öylanişimga töğri kelmadi. Men munosib taklif kelib tuşişini kutgandim xolos.
- Milliy terma jamoamiz yangi boş murabbiy – Ektor Kuper boşçiligida yiğinni boşlagan. Ammo u sizni bölajak öyinlar uçun çaqirmadi. Ayting-çi, termadagi faoliyatingizni yakunlaş haqida öylayapsizmi?
- Milliy terma jamoamizni tajribali murabbiy qabul qilib olganidan juda xursandman. Uning terma jamoaga meni çaqirmagani masalasiga kelsak, hammasini töğri qabul qiliş kerak. Axir boş murabbiy jamoaga kimlarni çaqirişni özi hal qiladi. Çunki har bir mutaxassisning öyinni taşkil etiş borasida öz ğoyalari böladi. Men terma jamoadagi faoliyatimni tugatiş niyatim yöq. Bu öz navbatida klub miqyosidagi faoliyatimga ham taalluqlidir. Sababi, özimni juda yaxşi his qilyapman. Şuning evaziga klubim oldiga qöyiladigan vazifalarni bajarişda foydam tegişi mumkinligiga işonaman. Men buni «Istiqlol»da töp surib yurgan çoğimda ham isbotladim. Uşbu jamoa bilan Osiyo Çempionlar ligasi çorakfinaliga çiqdim.












