Oxirgi 50 yilda ta'lim sohasida erişilgan yutuqlarga qaramay, sayyoramiz aholisining kattagina qismi savodsiz bölib qolmoqda. 

YuNeSKO ma'lumotlariga köra, dunyoda 750 mln kişi yoziş va öqişni bilmaydi. Bundan uçdan ikki qismini ayollar taşkil qilmoqda. Şu bilan birga oxirgi 50 yil içida yoşlar örtasida savodxonlik darajasi oşayotgani qayd qilinmoqda. 

Aniqlanişiça, savodsiz odamlarning 45 foizi Janubiy Osiyoda, 27 foizi Afrikada (Sahroi Kabirdan janubda), 10 foizi Şarqiy va va Janubi-şarqiy Osiyoda, 9 foizi Şimoliy Afrika va Ğarbiy Osiyoda, 4 foizi Lotin Amerikasi va Karib dengizi davlatlarida yaşaydi. 

YuNeSKOning statistika instituti ma'lumotlariga köra, oxirgi vaqtda aholi örtasida savodxonlikning eng yuqori ösişi Şarqiy va Janubiy Osiyo hamda Şimoliy va Ğarbiy Afrika aholisi örtasida qayd qilingan.

Janubiy Osiyoda aholi savodxonligi 1990-2016 yillarda 46 foizdan 72 foizga, Şimoliy Afrika va Ğarbiy Osiyoda 64 foizdan 81 foizgaça ösgan.

Şarqiy va Janubi-şarqiy Osiyoda bu körsatkiç 82 foizdan 96 foizgaça, Afrikaning Sahroi Kabirdan janubda joylaşgan davlatlarida 52 foizdan 62 foizgaça ösgan.

Şu bilan birga mutaxassislar ayollar örtasida savodxonlik darajasi erkaklarga nisbatan pastroq ekanini qayd qilişgan. Oxirgi ma'lumotlarga köra, savodsizlarning 59 foizini yoş ayollar taşkil qiladi.