Ötgan haftada Xitoy raisi Si Tszinpin köp vaqtini videoöyinlar ortida ötkazuvçi bolalardan xavotirdaligini aytgan. Gap şundaki, Xitoyda uzoqni köra olmaslikdan aziyat çekuvçi odamlar köpayib bormoqda. Tszinpin qat'iy çoralarga bordi va endi davlat köp foydalanuvçili onlayn-öyinlar sonini hamda öyinlar ortida ötkazilgan vaqtni nazorat qiladi.
Körsatmaga birinçilardan bölib onlayn-öyinlar işlab çiqaruvçi Tencent kompaniyasi amal qilgan. 15 sentabrdan xitoyik öyinçilar öyinga kiriş uçun haqiqiy nomini körsatişi majburiy qilinadi. Kiritilgan ma'lumot politsiyaga yuboriladi va u yerda öyinçining yoşi aniqlanadi. Agar bola 13 yoşdan 18 yoşgaça bölsa, unda unga kuniga 2 soatgaça, agar 12 yoşdan kiçik bölsa, kuniga 1 soatgaça öynaşga ruxsat beriladi.
Tencent bunday çoralarni iyuldayoq kiritmoqçi bölgan. Öşanda bu şunçaki ota-onalar nazorati bölgan. Endi esa öynaş vaqtini davlat tartibga soladi va bolalar yolğon axborotni kirita olmaydilar.












