Yozuvçi va jurnalist Tomas Oppong muvaffaqiyatga erişişda hayotingizni doimiy ravişda tahlil qiliş muhimligini aytdi va buni töğri bajariş borasida bir neça maslahatlar berdi.
Hayotingizni beş, ön, qirq yildan keyin qanday körişni istardingiz? Bu savolga röyirost javob bera olasizmi?
Köpçilik öziga hayoti, nima bilan şuğullanayotgani haqida öylab köriş imkoniyatini bermaydi. Biz doim şu darajada bandmizki, ba'zida biroz tin olib, ötgan hafta, oy va yilni baholaş töğrisida unutamiz.

Hayot “audit”ini ötkaziş boşlagan işlarimizda qanday natijalarga erişganimiz, qaysi yönalişda harakat qiliş, nima bilan şuğullanişni bas qiliş va yanada yaxşiroq böliş uçun qanday vazifalarni bajariş böyiça baholaş.
Bunday tahlilning mohiyati hayotni taşkil qilişdan iborat. Muhimi – öz-özimiz bilan rostgöy böliş.
- Birinçidan, har bir maqsad, istak, ehtiyojni turli qoğozlarga yozing (masalan, yangi iş topiş, yutuqni qölga kiritiş, okean yonida yaşaş).
- Ikkinçidan, bu röyxatni kategoriyalarga ajrating (masalan, soğlik, oila, karera).
- Uçinçidan, ularni vaqt böyiça taşkil qiling (har bir maqsadga erişiş uçun qança vaqt ketadi).
Şaxsiy hayotning “taftişi”ni ötkazsangiz, samaradorligingiz ortadi.
Hammasi bölib nima sizni köproq qiziqtiradi/xavotirga soladi va siz buning ustida iş olib boryapsizmi?
Bunday tekşiruvni doimiy tarzda ötkazing. Zaruriyatga köra, hayotingiz maqsadlarini qayta tekşiring va diqqatni özgartiring. Öz taqvimingizga haftalik, oylik “audit”ni kiriting. Özingizga quyidagi savollarni bering:

Qay biri yaxşi ötdi? Yomon ötdi? Men nimani yaxşiroq bajaraman?











