Moldaviya prezidenti Igor Dodon avariyaga uçradi. Bu haqda Moldaviya politsiyasi boş inspektoratiga asoslangan holda «Interfaks» agentligi xabar qilmoqda.

Ma'lumotlarga köra, yöl-transport hodisasi yakşanba kuni tongida Xinçeşt tumani hududida, Straşeny — Kalaraş trassasida röy bergan. Içida davlat rahbari bölgan Mersedes-S avtomobili ağdarilib ketgan.

Politsiya ma'lumotiga köra, Dodon şifoxonaga yotqizilgan, uning holati haqida aniq ma'lumotlar yöq.

Avariya oqibatida prezident kortejida bölgan boşqa avtomobil ham jabrlangan.