Iqtisodiyot | 13:40 / 10.09.2018
50936
1 daqiqa o‘qiladi

Dollarning rasmiy kursi o‘sishda davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 11 sentabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 19,24 so‘mga qimmatlashgan va 1 dollar 7862 so‘mu 17 tiyinga teng bo‘lib turibdi.

Yevro kursi esa 15 so‘mu 42 tiyinga arzonlab, 1 yevro 9081 so‘mu 59 tiyinni tashkil etmoqda.

Bir rubl kursi 3 so‘mu 58 tiyinga tushib, 1 rubl kursi 112,59 so‘mga yetgan.

Buyuk Britaniya funt sterlingi qiymati 6,51 so‘mga arzonlagan va 1 funt 10158,71 so‘mni tashkil qilmoqda.

Ma'lumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Mavzuga oid