Samaradorlikni oşiriş uçun juda köp maslahatlar berilgan: tongni qanday boşlaş, qanday xobbilar orttiriş va h.k. Faqat iş joyini optimallaştiriş böyiça tavsiyalar yetişmaydi. Miçigan, Kolorado va Nyu-York ofislari dizaynerlari aynan öşa narsalarni tayyorlaşgan. Ularning maslahatlari quyidagilardan iborat:
Foto: Pexels
Xona gullari
Ösimlik stolingizni bezaydi va ofisdagi havoni yaxşilaydi. Bundan taşqari, tadqiqotlar şuni körsatdiki, agar xonada gullar bölsa, xodimlar 15 foizga samaraliroq işlaydilar.
Ösimlikni ofisingiz derazasidan kiradigan yoruğlik miqdoriga qarab tanlang.
Agar ofisingizda deraza bölmasa, tez-tez köçaga çiqing
Şimoliy-ğarb va Illinoys universitetlari tomonidan ötkazilgan tadqiqot natijalariga köra, derazasi yöq ofislarda işlaydigan xodimlar tabiiy yoruğlik mavjud bölgan xonalarda işlaydiganlarga qaraganda özlarini yomonroq his qilişar ekan.
Har kuni bir neça soatni quyoşda ötkazişga harakat qiling
“Tabiiy yoruğlik kognitiv faoliyat, seratonin işlab çiqariş va hazm qiliş jarayonlari bilan boğliq bölgan biologik sur'atlarni qöllab-quvvatlaş uçun muhim – deydiNyu-York MKDA agentligi katta dizayneri Kristin Everett. – Quyoş tufayli özimizni baxtliroq va e'tiborliroq his etamiz”.
Oyoq ostida öralaşib yotgan uzun simlarni “yöqoting”
Stolingiz ostida tizim bloki, klaviatura, siçqon, telefon, quloqçin, mobil telefon quvvat oldirgiçi va boşqa qurilmalarning simlari bölsa kerak.
Samarali iş rejimini saqlaş uçun bu simlar sizga xalaqit bermasligi zarur. Ularning uzunligini tekislab, maxsus uşlagiçlar yordamida bir yerda mahkamlang. Simlar uçun maxsus organayzerlar ham bor. Simlar qaysi qurilmalarniki ekanini biliş uçun ularni belgilab qöyişingiz ham mumkin.
Foto: Pexels
Mavzuga oid
Maqsadingizni yodga soladigan narsalarni stol ustiga qöying
Işlaşingiz uçun iştiyoq beradigan bir yoki ikki buyumni stol ustiga qöying. Bu oila surati yoki kompaniya şiori bölişi ham mumkin.
Masalan, Evernote boş direktori Kris ÖNil iş stoli ustiga AQŞ va Kanada bayroqlarini joylaştirgan. Bu unga özining ikki fuqaroligi va taşkilotining xalqaro siyosatini yodga soladi. Bundan taşqari, stoli ustida Evernote’dan foydalanişga iştiyoq uyğotgan farzandlarining suratlarini köriş mumkin.
Zillow kompaniyasida esa har bir xodimning stoli ustida ular firmada neça yildan beri işlayotganlarini körsatuvçi nişon turadi.
Qöl ostingizda foydali yeguliklar bölsin
Quvvat darajasini kötariş uçun ba'zida tanovvul etiş kerak. Buning uçun stol ustida yonğoq, protein batonçalari va quruq mevalar bölişi kerak.
Musiqasiz şovqin ötkazmaydigan quloqçinlar taqing
Köplab tadqiqotlar iş vaqtida musiqa tinglamaslikni tavsiya etmoqda.
Kognitiv neyrobiologiya böyiça mutaxassis va “Miyangiz musiqa vaqtida mana bunday körinadi” kitobi muallifi Deniyel Levitin takrorlanuvçi vazifalarni bajarmayotgan bölsangiz, musiqa unumdorlikka xalaqit berişini aytgan.
Yaxşisi uni işdan avval 10-15 daqiqa tinglagan ma'qul.
Agar ofisingiz telefon qönğiroqlari va suhbatlar sabab şovqinli bölsa, albatta şovqin ötkazmaydigan quloqçinlardan foydalaning. 2010 yilda ötkazilgan tadqiqot natijalari diqqatni jamlaşda muammosi bölgan öquvçilar vazifalarni sukunatda bajarganida, xotira bilan boğliq vazifalarni yaxşi bajarişini aniqlagan. Quloqçinlar unumdorligingizni oşiradi, şuning uçun hamkasblaringiz quloqçinlar ortiga yaşiringaningizda sizni suhbatlari bilan çalğitişmaydi.
Foto: Pexels
Turib işlaş uçun maxsus stol şart emas. Bor-yöği kamroq ötiring
Tadqiqot natijalari şuni körsatadiki, agar har bir kişi beş daqiqalik sayrlar qilsa, kamroq çarçaydi.
Sovuq havo unumdorlikni kamaytiradi
Agar ofisingizdagi konditsioner juda sovuq bölsa, stolingizda issiq jyemper bölgani ma'qul.
2004 yilda Kornel universiteti tadqiqotçilari ofisdagi havo 20 dan 25 darajaga kötarilsa, hujjatlardagi xatolar soni 44 foizga kamaygani, matnni teriş vaqtidagi unumdorlik 150 foizga ortişini körsatgan.
Qaydlar uçun bloknot va stikerlardan foydalaning
Raqamli olamda yaşayotganimiz qoğozli qaydlardan voz keçişni anglatmaydi. Bloknotda barça muhim qaydlar, masalan majlislar va muhim qönğiroqlarni yozib boriş mumkin. U yerda ğoyalarni ham yozib boriş mumkin.
Töğri ötiriş uçun kreslo va monitorni töğri örnating
Meyo klinikasi tadqiqot markazi ma'lumotlariga köra, yomon holatda ötiriş salbiy oqibatlar – boş oğriği, bel va böyindagi oğriqlar, nafas olişdagi muammolar, yelka asab tolalarining uvişişi va jağdagi oğriqlarga olib kelişi mumkin.
Töğri ötiriş uçun kreslo va monitoringizning holatini özgartiring. Agar ofisingizdagi kreslo yomon bölsa, yaxşilaş uçun pul ayamang. “Sifatsiz kreslo çarçoqni çaqirib, beldagi oğriqqa sabab bölişi mumkin”, - deya hisoblaydi Atmosphere 360 studiyasi egasi va katta dizayneri Melissa Frederiksen.
Faqat stolda işlamang
Iş stolingiz qay darajada yaxşi taşkillaştirilgan bölmasin, faqat uning yonida işlaş yaramaydi. Undan tursangiz, unumdorligingizni yaxşilaysiz.
Psixolog va “Iş uçun yaxşi joy” kitobi muallifi Ron Fridman işlaş uçun oşxona, divan yoki dam oliş xonasiga ketayotganingizda diqqatni qaratiş haqida signal berayotgan bölasiz, deb hisoblaydi.
Foto: Pexels
Har kuni foydalanmaydigan buyumlaringizni stoldan olib qöying
Iş joyida sizni örab turgan narsalarga diqqatingizni qarating. Agar ortiqça narsalarni olib taşlasangiz, sezilarli natijani his etasiz.
Stol ustida eng zarur narsalar: kompyuter, telefon, bloknot, ruçka va suv solingan butilka bölişi lozim. Qolgan narsalarni boşqa joyga olib qöyiş kerak.
Qoğozlaringiz köp bölsa, alohida javon yuritgan ma'qul. Yaxşisi hujjatlarni skaner qilib, raqamli holda saqlang. Köplab hujjatlar bilan örab olinganlik samaradorlikni pasaytiradi.
Kök, yaşil va sariq ranglar unumdorlikni oşiradi
Turli ranglar inson kayfiyatiga turliça ta'sir qiladi. Kök va qizil rang miya faoliyatini yaxşilaydi.
Olimlar sovuq ranglar (masalan, kök) tinçlantiradi deb hisoblaydilar. Kök rangdagi stol kun davomida özingizni xotirjam his qilişga yordam beradi.
Qizil rang bilan ehtiyotkorona munosabatda böliş kerak – bu rang yurak urişi tezligini oşiradi, deb hisoblaydi Roçester universiteti xodimi Endryu Elliot. Agar işingiz jismoniy faoliyat bilan boğliq bölmasa, yoki intensiv tanaffuslar bilan işlamasangiz, uni ofisda qöllaş yaramaydi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi