Muloqot chog‘ida O‘zbekistonning turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish, o‘zaro tashriflar va mazkur sohada tahsil olayotgan talabalar uchun o‘quv amaliyoti dasturlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

BAA tomoni O‘zbekistonning boy madaniy, tarixiy va tabiiy sayyohlik salohiyatini yuksak baholadi. Shu bois joriy yilning 27-29 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan "Ipak yo‘lida turizm" Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida maxsus pavilon bilan ishtirok etish istagini ma’lum qildi. 

"Shuningdek, kompaniyamizning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy idorasini Toshkent shahrida ochishni rejalashtiryapmiz, – dedi – Muhammad Abdulmavla Musa Hamad. – Amaliy qadamlarni boshlash uchun safar davomida O‘zbekistonning yirik sayyohlik kompaniyalari bilan aloqa o‘rnatishga tayyormiz. Bundan tashqari, O‘zbekistonda turizm yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun Dubay shahrida 15 kunlik amaliyot kurslarini uyushtirishmiz mumkin".

Tomonlar, shuningdek, BAAdan O‘zbekistonga turistlar oqimini oshirish qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini birgalikda tashkil etish, kadrlar tayyorlash yo‘nalishida o‘quv-amaliyot dasturlarini birgalikda ishlab chiqishga kelishib oldi.