Vazirlar Mahkamasining 30.08.2018 yildagi 701-son qarori bilan yöl harakati xavfsizligi kunini ötkaziş va YTH profilaktikasining samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari qabul qilindi.
Haftaning har juma kuni «Yöl harakati xavfsizligi tarğibot kuni» deb e'lon qilinadi, deb yozmoqda Norma.
Uşbu kunda quyidagi tadbirlar amalga oşiriladi:
• YTH eng köp sodir etiladigan hududlarda fuqarolik jamiyati institutlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini jalb etgan holda, tarğibot-taşviqot işlarini olib boriş;
• keng jamoatçilik iştirokida YTH, şuningdek ularning sodir etilişi sabablari va bunga imkoniyat yaratayotgan şart-şaroitlar, ularni bartaraf etiş borasida körilayotgan çoralarni tanqidiy muhokama qiliş;
• respublika va mahalliy tele- va radiokanallarda piyodalar va haydovçilarning aybi bilan yuz bergan YTH; YHQga rioya qilmaslik oqibatlari va yöl harakati iştirokçilarining javobgarliklari yoritib boriladigan maxsus telekörsatuv va radioeşittirişlarni taşkil etiş;
• yöl harakati iştirokçilari örtasida YHQga rioya qiliş madaniyatini şakllantiriş;
• yöl harakati xavfsizligi va YTH profilaktikasi masalalari böyiça maqolalar, şarhlar va boşqa materiallarni OAVda, şu jumladan Internetda çop etiş.
Uşbu kunni ötkaziş tartibi va taşkiliy jihatlari dasturda va sxemada aks ettirilgan. Amalga oşiriladigan tadbirlarni nazorat qiliş va monitoringini olib boriş Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş böyiça respublika idoralararo komissiyasiga topşirildi.
Har oyning uçinçi juma kunida respublikaning barça mintaqalarida «Avtomobilsiz kun» aksiyasi ötkazilişi yölga qöyiladi. Bu tadbir ekologik holatni yaxşilaşga, atmosfera havosini muhofaza qilişga, avtomobilsiz harakatlaniş mumkinligi va zarurligini namoyiş qilişga qaratiladi. Şu munosabat bilan bu işlar yuzasidan tarğibot-taşviqot çora-tadbirlari, telekörsatuvlar va radioeşittirişlar taşkil etiladi.
Bolalar boğçalarida yöllarda, çorrahalarda va piyodalar ötiş joylarida harakatlaniş asoslari öqitiladi. Umumta'lim maktablarida yöl harakati qoidalari, yonğinlarning oldini oliş, favqulodda vaziyatlarda töğri harakat qiliş böyiça öquv dasturlarini öz içiga olgan «Hayotiy faoliyat xavfsizligi» majburiy fani joriy etiladi. Öquv dasturlari 3 oylik muddatda işlab çiqiladi.
IIV tomonidan har haftaning juma kunida YHQni qöpol ravişda buzib kelayotgan haydovçi va piyodalarni aniqlaş maqsadida reydlar taşkil etiladi. Şuningdek texnik nosoz transport vositalarini aniqlaş böyiça reydlar ötkaziladi.
Öquv yili davomida maktabga tutaş va yaqin bölgan yöllarga yöl-patrul va patrul-post xizmatlari joylaştiriladi. Bu çora-tadbirlar maktab öquvçilari iştirokidagi YTHning oldini olişga qaratiladi.
Bundan taşqari, maktab öquvçilarining yöllarni kesib ötişda xavfsizligini ta'minlaş maqsadida «Mahalla posboni», harbiy çaqiruvga tayyorlaş fani öqituvçilari va Yoşlar ittifoqining yetakçilaridan yöl harakati jamoatçi navbatçisi faoliyati yölga qöyiladi.
Yöllarga yaqin joylaşgan maktablar öquvçilarni ota-onasi yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar olib kelişi va olib ketişini ta'minlaşi lozim.
Hujjat 30.08.2018 yildan kuçga kirdi.












