Fransiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya va Buyuk Britaniya Xon al-Ahmar qişloğini yöq qiliş sabab kelib çiqadigan oqibatlar haqida Isroilni ogohlantirişdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti qöşma bayonotga tayangan holda.
Al-Qudus bilan qöşni bölgan Xon al-Ahmar qişloği va Ölik dengizga olib boruvçi yölni isroilliklar noqonuniy qurilma deb e'lon qilib, uni buzişga tayyorlanişmoqda, u yerda yaşovçi qariyb 200 nafar falastinlik esa majburiy ravişda köçirilişi mumkin. Bu xorijdan köplab qarşiliklar yuz berayotganiga qaramay sodir bölişi ehtimolga yaqin. Avvalroq, Isroil Oliy sudi buzişga qarşi bölgan mahalliy aholi petitsiyasini rad etdi.
«Biz diplomatiya rahbari, vitse-prezident (YeI) Frederika Mogeriniga qöşilamiz. U bizning Isroil hukumatiga qişloqni yöq qiliş rejasiga köra iş tutmaslik va aholini köçirmaslik böyiça çaqiriğimizni qaytarmoqda», - deyiladi bayonotda.
Hujjatga köra, «buziş va köçirişning oqibati juda jiddiy böladi, ular bu hamjamiyat aholisiga, jumladan, ularning bolalariga aloqador bölib, ikki davlatni yaratiş töğrisidagi qaror istiqbollariga ham ta'sir körsatadi».
Xon al-Ahmarni buzişga tayyorgarlik işlariga avvalroq YeI va BMTning turli tuzilmalari protest bildirdi, ular Isroil hukumatining rejalarini Yaqin Şarqdagi muammolarga yeçim topiş istiqbollari uçun tahdid, deb ataşdi. Ularning ta'kidlaşiça, qişloq Al-Qudus va Maale-Adumim yahudiylar yaşaş joyi örtasidagi Ye-1 zonasining bir qismi sanalib, u «bölajak Falastin davlati hududiy yaxlitligi uçun muhim ahamiyat kasb etadi».












