2018 yilning 6 sentabr kuni Farğona viloyatining Özbekiston tumanida viloyat IIB xodimlari tomonidan “Qoradori-2018” tadbiri ötkazildi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar bermoqda.
Tadbir davomida “Qaynar” QFYda yaşovçi I.E. uyi tomida 7 kg. 627 gr. “marixuana” va 589 gr. “köknor” giyohvandlik vositalarini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy aşyo sifatida olindi.
Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.












