AQŞda Porsche 911 Turbo sportkari egasi özining “toyçoği”ni özi istagan rangga böyatişi uçun 100 ming dollar, ya'ni şunday maşinaning narxidan köproq pul tölaşiga töğri keldi. Bu haqda AQŞ OAV ma'lum qilmoqda.
Maşina böyalgan Porsche Exclusive atelesi mutaxassislarining aytişiça, sportkar egasi ularga maşinasini öziga xos rangga böyaş iltimosi bilan murojaat qilgan.
Mijozning istagini 30 dan köproq rangdan iborat 300 litr böyoqni aralaştirgaç qondirişga muvaffaq bölingan.
Bundan taşqari, maşina egasi avtomobil tomi rangi boşqa detallar böyalgan rangga sekin-asta ötişini istagan.
Maşinani böyaş uçun aytilgan xizmat haqi yana bir şunday maşinani sotib olişga yetsada, mijoz savdolaşib ötirmaslikka qaror qilgan va natijada orzusidagi maşinani olgan.












