Şvetsiyaning Moskvadagi elçisi Peter Erikson sözlariga köra, Şvetsiya kelajakda Rossiyadan çiqindilar sotib olişi mumkin. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

«Bilmayman, lekin buni istisno etib bölmaydi. Hozirça biz Italiya, Angliya va Norvegiyadan çiqindi sotib olyapmiz», - deydi Erikson.

Şuningdek, uning qayd etişiça, bu mamlakatlar örtasidagi «yaxşi va muhim» hamkorlik sohasi.

Avvalroq, Rossiya prezidentining atrof-muhitni muhofaza qiliş, ekologiya va transport faoliyati masalalari böyiça maxsus vakili Sergey Ivanov Rossiyada çiqindilarni qabul qiliş böyiça katta tarmoqni taşkil etiş zarurligi haqida ta'kidlab ötgandi.

Uning bildirişiça, bu uşbu qimmatbaho qayta işlanadigan xomaşyoni çiqindixonalarga taşlaşni töxtatiş uçun zarurdir.