Foto: Biokon

Barça erkaklar ham öz terisi holatiga katta e'tibor beravermaydilar. Biroq, agar ularda husnbuzarlarning soni va hajmi sezilarli darajaga yetsa, bu holat kuçli jins vakillarini ham xavotirga soladi va ular bu teri kasalligidan xalos böliş yöllarini izlay boşlaydilar.

Erkaklarda nima uçun husnbuzar paydo böladi?

Terimiz litmus testi qoğoziga öxşab soğligimizning holatiga işora qilib turadi. Tanada biron bir muammo yuzaga kelsa, ana şu muammo darhol teri ustida öz aksini topadi va ba'zida esa akne körinişiga keladi. Erkaklarda nima uçun husnbuzar paydo böladi? Aslida, muammo bitta va u ham bölsa, teri metabolizmining buzilişidir.

Foto: Biokon

Erkaklarda gormonal husnbuzar muammosi

Kuçli jins vakillarining erkaklik xususiyatlari maxsus gormon – testosteronni işlab çiqarilişida ham şakllanişi barçaga ma'lum. Odatda, bu gormonning yetarliça köpligi ijobiy hodisa sifatida baholansa-da, uning haddan ziyod köpayib ketişi oqibatida husnbuzarlarning paydo bölişi uning salbiy jihati sifatida namoyon böladi.

Garmonal husnbuzarlar paydo bölişiga aslo e'tiborsiz bölmaslik kerak. Ayniqsa, bu muammo muntazamlikni özida aks ettirib, tez-tez namoyon bölayotgan bölsa, zudlik bilan şifokor körigidan ötiş kerak.

Erkaklardagi husnbuzarlarni davolaş

Erkaklarda husnbuzar muammosini qanday qilib davolaş mumkin? Buning uçun quyidagilarni bajariş kerak:

  • Agar bu muammo gen omili orqali bölsa, terini kosmetik vositalar bilan doimiy parvarişlaş zarur;
  • Oşqozon osti bezi, gastrit, dizbakterioz, xolelitiyoz va oşqozon-içak trakti kasalliklarini aniqlaş uçun umumiy tekşiruvdan ötiş zarur;
  • Kolbasa mahsulotlari, yoğli taomlar, gazli içimliklar, kofe, kimyoviy qöşimçalarni öz içiga olgan mahsulotlar iste'molini heç bölmaganda, davolaniş davrida kamaytiriş yoki umuman iste'moldan çiqarib taşlaş kerak.