Foto: Biokon

Köpçilik uçun yoqimsiz holat bölgan yuzdagi husnbuzarlardan qutuliş uzoq vaqt talab etadi. Bunday teri buzilişidan aziyat çekadiganlarning köpçiligi davolaş davrining uzoqligi sababli undan bezor bölişadi va odatda kasallikka taslim böladilar.

Afsuski, hozirda kosmetika bozorida mavjud vositalar bunday holatlarni butunlay bartaraf etişga qodir emas. Höş unda yuzdagi husnbuzar va qora nuqtalardan qanday xalos böliş mumkin? Qanday qilib qisqa muddat davomida vraç huzuriga bormasdan yoğli yuzni normal holatga keltiriş va yana mukammal yuz terisiga ega böliş mumkin?

Akne, ya'ni husnbuzar (ugri) toşişi — har qanday yoşda duç keliş mumkin bölgan jiddiy muammo. Bunda husnbuzar nafaqat jismoniy (oğriq, ba'zan esa qonaş), balki ruhiy noqulaylik ham tuğdiradi: köpçilik odamlar husnbuzar tufayli suhbatlaşişda qiyinçiliklarga duç keladi, kişi öziga bölgan işonçni yöqotadi, komplekslar rivojlanadi. Şuning uçun husnbuzarlardan xalos böliş — nafaqat salomatlik, balki hayotdagi muvaffaqiyatga erişişga ham tegişli masala.

Foto: Biokon

Gormonlar buzilişi — ösmirlik davrida va kattalikda husnbuzarlar paydo bölişining eng keng tarqalgan sabablaridan biri. Hayz vaqtida, homiladorlikdan söng yoki boşqa holatlar tufayli gormonal muvozanat özgarganda ayollar va qizlar husnbuzar toşişidan aziyat çekişlari mumkin.

Husnbuzar aslida vaqtinçalik holatdir va köpinça öz-özidan yöqolib ketişi mumkin. Ammo, undan keyin yuzda qoladigan çandiq va izlar butun umrga qolişi mumkin. Agar husnbuzar (ugri) yuz terisi töqimalariga jiddiy şikast yetkazmagan bölsa, keyinçalik çandiqlar unçalik ham bilinmaydi. Lekin husnbuzar uni siqiş yoki yulişga harakat qilinganda undan keyin kiçik çandiq qoladi. Çunki, siqilgan teri ostidagi hujayralar yuz töqimasida yuzaga kelgan yoğ qatlami bilan töqnaşuvi natijasida uşbu teri sohasida kasallik yuzaga kelişi mumkin. Uşbu kasallikning qonga ötişi ehtimoli ham mavjuddir. Agar kişining immuniteti kuçli bölmasa, kasallik kuçayadi va bu yerda kompleks davolaniş çoralari qöllanilişiga töğri keladi. Uşbu kasallik tufayli yuzdagi çandiqlar soni oşadi va yirik çandiqlarning yuzda uzoq vaqt davomida qolişiga olib kelişi kişini nafaqat jismonan, balki, ruhiy jihatdan ham tuşkun holatga olib keladi. Bunday vaziyatlar sodir bölganda, zamonaviy tibbiyot lazer bilan davolaş, yoğli inʼeksiya va hattoki yuz terisini almaştiriş kabi keskin davolaş usullarini taklif etadi.