"Karta hisobidagi pul miqdorini muzlatiş” xizmati mamlakatda faoliyat olib borayotgan hamda UzCard tölov tizimiga integratsiya qilingan barça mobil ilova platformalari uçun qöşimça imkoniyatdir, deya xabar berdi kompaniya.

“Zamonaviy hayotimizning bir qismiga aylanib ulgurgan elektron tijorat sohasidagi yangi xizmatlar kun sayin yangi imkoniyatlar bilan kengayib bormoqda. Bugun har birimiz uşbu qulay texnologik imkoniyatlarsiz hayotimizni tasavvur etolmaymiz. Jumladan, kompaniyamiz ham kundan-kunga rivojlanib, öz hamkorlariga yangi xizmatlarni taklif qilib kelmoqda. Bulardan biri yaqin kunlarda mutaxassislarimiz tomonidan yaratilgan “Karta hisobidagi pul miqdorini muzlatiş” xizmatidir”, - deyiladi xabarda.
 
Muzlatiş sözi inglizça “hold” sözidan olingan bölib, ekvayyer tomonidan bank kartasi orqali amalga oşirilgan tölovning bank-emitent tomonidan uşlab qolinişi degan ma'noni anglatadi.  

Yangi xizmatimizdan foydalangan karta egasi mahsulot yoki xizmat turiga belgilangan tölovni amalga oşirişdan avval, amalga oşiriladigan tölov miqdorini “muzlatiş” imkoniyatiga ega böladi. Misol uçun, biron bir mobil ilova orqali mahsulotga buyurtma berildi va mahsulot yetkazilganida talablarga javob berilmagan holat kuzatilganida tölovga ajratilgan pul miqdori oldindan muzlatilganligi sababli karta hisobiga qaytarilişi mumkin. Agar mahsulot yoki xizmat turiga belgilangan tölov bekor qilinmoqçi bölsa, pul miqdori “muzlatilgan” statusidan yeçiladi va töliqligiça qaytib karta balansiga qaytariladi. Ungaça uşbu pul miqdori “muzlatilgan” holda turaveradi. Uşbu xizmat turi iştirokçilari xaridor, merçant va Yagona umumrespublika protsessing markazi hisoblanadi.