Jurnalist Bob Vudvord «Qörquv: Tramp Oq uyda» nomli öz kitobida yozişiça, Pentagon rahbari Jyeyms Mettis AQŞ prezidenti Donald Trampni NATO kerakligiga qiyinçilik bilan işontira olgan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Jurnalistning sözlariga köra, Mettis mudofaa vaziri etib tayinlanganidan söng taşkil etilgan banket marosimida Trampni Alyans qöllab-quvvatlanişi kerakligiga işontirişga uringan. AQŞ prezidenti NATOga nisbatan salbiy munosabati bilan maşhur, sababi Qöşma Ştatlar xarajatlarning katta qismini tölaydi.

«Keçki ovqatning oxiriga kelib, Trampni işontirişning uddasidan çiqilgani kabi tasavvur paydo böldi. «Mayli, siz özingizni NATOni olasiz», - dedi u Mettisga. Ma'muriyat alyansni qöllab-quvvatlaydi, lekin siz ijara tölovi yiğişni boşlaysiz», - deb yozgan Vudvord manbani körsatmagan holda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp Obamaning nutqi paytida uxlab qolgandi.