AQŞ harbiylari tomonidan qöllab-quvvatlanayotgan kurdlarning «Suriya Demokratik kuçlari» partiyasi jangçilari Dayr-az-Zor viloyati hududidagi Xadjin şahriga — IŞIDning oxirgi tayanç nuqtasiga hujum boşladi. Bu haqda The Washington Post xabar tarqatmoqda.
Hujum 10 sentabr kuni keçqurun AQŞ Harbiy-havo kuçlari iştirokida boşlangan. Xadjin — Frot daryosining şarqiy qirğoğida, 250 kv km maydonni qamragan çöl hududi örtasida joylaşgan şahar bölib, bu şahar IŞID jangarilari qölida qolayotgan oxirgi şahardir.
Naşr xabarida qayd etilişiça, kurdlar bu şaharni egallasa, IŞID butunlay tugatilmasa ham, «Xalifalik» sifatida yöq böladi. Jangarilar tahdid solişda davom etsa, ular bundan keyin butun Suriya böylab tarqoq joylaşişga majbur bölişadi.
AQŞ Qurolli kuçlari vakilining qayd etişiça, uşbu amaliyot juda murakkab bölib, u keyingi yil boşiga qadar davom etişi mumkin. Taxminlarga köra, bu şaharda «oxirigaça qarşilik körsatişga tayyor bölgan» 2,5 ming nafardan ortiq jangari bor. Kurdlar, amerikaliklar va boşqa ittifoqçilar jangarilarning yer osti tunnellari orqali kelişi, pistirmalar qöyişi va xudkuş terrorçilar hujumiga hozirlik körişi kerak böladi.
Kurdlarning ma'lumotiga köra, şahardagi jangarilarning aksar qismi xorijliklardir.
AQŞ Mudofaa vazir Jyeyms Mettisning aytişiça, Xadjinda IŞIDning asosiy yetakçilari ham joylaşgan bölişi mumkin.
Amerika ma'muriyati bu hududdagi harbiylari kurdlarni rasmiy Damaşqdan böladigan xavflardan himoya qiliş uçun ham qolişini ma'lum qilgan.














