Eron terma jamoasi boş murabbiyi Karluş Keyruş Toşkentda Özbekistonga qarşi keçgan va eronliklarning 1:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlangan örtoqlik uçraşuvidan söng ötkazilgan matbuot anjumanida qatnaşdi.
«Bugun juda ham çiroyli öyin böldi. Ikkala jamoa ham yaxşi öyin körsatdi. Har ikki jamoani bunday öyin bilan tabriklayman. Bugungi öyindagi natija muhim emas edi. Şunga qaramay, öyin juda ham qiziqarli böldi. Bu öyin Osiyo kubogiga tayyorgarlik vazifasini ötaydi.
Osiyo kubogida natija körsatiş juda qiyin. Osiyodagi köplab jamoalar çempion bölişni xohlaşadi. Bu juda qiyin jarayon. Kelajagim xaqida gapirsam, men hali ham şartnoma imzolaganim yöq. Kutiş jarayonidaman.
Ektor Kuper jamoani qabul qilib olganiga bir oy böldi. Unga vaqt beriş kerak. Özbekistonliklar murabbiyga işonişi kerak. Jamoa asta-sekin ösişni boşlaydi.
Jahon çempionatidan oldin taktikamiz boşqaça edi. Söngra biz taktikani özgartirdik. Çunki Osiyo kubogi va jahon çempionati turli xildagi musobaqa hisoblanadi. Biz bu öyinda yoşlarga imkoniyat berdik» - degan Keyruş.












