Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligida axborot-tahlil işlari samaradorligini oşiriş, tarkibiy tuzilmalar örtasida axborot almaşinuvi jarayonini muvofiqlaştiriş, şuningdek jamoatçilik bilan işlaş va ma'lumotlar oçiqligini ta'minlaş darajasini yanada kötariş maqsadida Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida Özbekiston Respublika Moliya vazirligining Muvofiqlaştiriş va axborot-tahlil Departamenti taşkil etildi.
Vazirlik axborot xizmati xabariga köra, departament boşliği lavozimiga Mirkomil Odilov tayinlandi.

Mirkomil Miralimoviç Odilov 1986 yilda tuğilgan. Ma'lumoti oliy. 2011-2016 yillar davomida Özbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Prognozlaştiriş va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, boşqarma boşligi; 2016-2017 yillar mobaynida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Apparati ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazi direktori örinbosari; 2018 yil Moliya vazirligi huzuridagi moliya organlari hamda byudjyet taşkilotlarning moliya-hisob bölinmalari xodimlarini tayyorlaş va qayta tayyorlaş Öquv markazi direktori lavozimlarida işlagan.
Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 287-sonli buyruğiga asosan Azamat Şuhratoviç Fozilov Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi moliya organlari va byudjyet taşkilotlarining moliya-hisob bölinmalari xodimlarini tayyorlaş va qayta tayyorlaş Öquv markazi direktori lavozimiga tayinlandi.

Azamat Fozilov 1980 yilda tavallud topgan. Ma'lumoti oliy. 2001-2004 yil Samarqand viloyati hokimligining moliya boşqarmasi byudjyet bölimida 1-toifali iqtisodçi, boş iqtisodçi; 2008-2011 yillarda Moliya vazirligi Ğaznaçilik Amaliyot boşqarmasining Mudofaa idoralari taşkilotlarining yuridik va tölovlarni amalga oşiriş bölimi boşliği; 2017-2018 yillarda Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Ijtimoiy soha va fanni moliyalaştiriş boş boşqarmasi boşliği lavozimlarida işlagan.












