Investitsiyalar böyiça davlat qömitasida qömita raisining birinçi örinbosari Laziz Qudratovning Cengiz — Kolin — Kalyon kompaniyalar konsorsiumi bilan uçraşuvi bölib ötdi. Bu haqda Spot xabar qilmoqda.
Uçraşuvda Samarqand - Toşkent yönalişi böyiça davlat - xususiy şeriklik prinsiplarida avtomobil yölini quriş masalasi muhokama qilindi.

Tadbirda yangi namunadagi avtomobil yöli qurilişi işlariga jalb etiluvçi tegişli vazirlik va idoralar mutaxassislari ham iştirok etdilar. Ular kelgusida loyihaning biznes-rejasini tayyorlaşda kiritiladigan takliflarni bildirişdi.
Turkiyaning Cengiz — Kolin — Kalyon konsorsiumi bilan hamkorlikda davlat - xususiy sektor hamkorligi tamoyillari böyiça avtomobil yöli qurilişiga oid investitsion kelişuv turk investorlar tomonidan taqdim etilgan loyihalar röyxatiga kirgan hamda Özbekistonga Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning joriy yil bahoridagi taşrifi davomida imzolangan.
Birinçi pullik avtomobil yöli loyihasining milliy hamkori - Avtomobil yöllari böyiça davlat qömitasi.
Turkiya pudratçilar vakili tomonidan ta'kidlanişiça, loyiha 2 soat içida Toşkent va Samarqand orasidagi masofani bosib ötiş imkonini beradi.

Uçraşuvda loyihani işlab çiqişda magistralning turar-joy tumanlaridan ötişi, yaylov va qişloq xöjaligi yerlariga minimal ta'sir hamda atrof-muhit holati hisobga olinişi kerakligi muhokama qilindi.
Toşkent-Samarqand pullik avtomobil yöli loyihasi böyiça quriliş işlari 2019-2020 yillarga rejalaştirilgan.












