Jigar köplab alohida hujayralar, gepatotsitlardan taşkil topgan. Har bir bunday hujayra - kiçik "kimyoviy laboratoriya" bölib, u organizmga tuşuvçi barça zararli moddalar va zaharlarni zararsizlantiradi. "Zdorove s Yelenoy Malyşevoy"da jigarning kutilmagan "duşmanlari" haqida ma'lumot berildi.

Şakar

Şakar nafaqat tişlar, balki jigar uçun ham zararlidir. Tadqiqotlarda şakar jigar uçun alkogol kabi zararli bölişi mumkinligi körsatilmoqda. Gap şundaki, şakar tarkibida fruktoza mavjud bölib, jigar uni yoğga aylantiradi. Agar yegulikda şakar haddan taşqari köp bölsa, u holda jigar yoğga tölib ketadi va sustroq işlay boşlaydi. Bu esa şirinliklar, pişiriqlar va gazli içimliklarni çeklaş uçun yana bir sababdir.

Dorivor ösimliklardan tayyorlangan preparatlar

Dorivor ösimliklardan tayyorlangan preparatlar köpçilik öylagandek xavfsiz emas. Masalan, kavadan tayyorlangan preparat jigarning normal faoliyatiga tösqinlik qiladi, gepatit keltirib çiqaradi va umuman jigarga salbiy ta'sir körsatadi. Şuning uçun ba'zi mamlakatlarda bunday dori vositalari taqiqlangan. Har qanday ösimlikdan tayyorlangan dori vositalarini qabul qilişdan avval albatta şifokor bilan maslahatlaşing.

Foto: Pixabay

Semizlik

Semizlikda yoğ nafaqat bel atrofida, balki jigar hujayralarida ham töplanib qoladi. Jigar ölçamlari kattalaşadi va ba'zan normal hujayralar çandiqli töqimalarga almaşadi, bu esa jigar tserroziga olib keladi. Örta yoşli kişilarga eng köp semizlik va diabet xavf soladi. Jigarni davolaş uçun dorilarning özigina yordam bermaydi: töğri ovqatlaniş va jismoniy maşqlargina kasallikni bartaraf etişga qodir.

A vitaminining me'yordan ortişi

Tuxum, sut, sarxil qizil, apelsin va sariq rangli mevalarda A vitamini köp. Şu bilan birga, tabletka va drajye şaklidagi vitaminlar ham keng tarqalgan: ular köriş qobiliyatini yaxşilaydi, suyaklar va immunitetni mustahkamlaydi. Biroq A vitaminining me'yordan ortiq (sutkasiga 3000 mkğdan ortiq) bölişi jigar uçun zararlidir.